$
12760.21 UZS
54.42
160.08 UZS
0.88
14704.87 UZS
0.46
38° Kechasi 23°

Egoizm – ruhiy holatingiz uchun foydali

10:33 / 26.10.2022

Oʻz-oʻzini sevish yaxshimi yoki yomon? Bu savolga bir xil javob olish juda mushkul, chunki buni barcha oʻzicha tushunadi. Koʻpchilik bu tushuncha ostida “egoizm”ni tushunadi va oʻz-oʻzini sevish notoʻgʻri, deb hisoblaydi. Sogʻlom ruhiy holatimiz uchun oʻzimizni qay darajada yaxshi koʻrishimiz kerakligi haqida quyida oʻqing.

Nega koʻpchilik insonlar oʻz-oʻzini yaxshi koʻrish – bu mutlaqo normal holat ekanligini tan olishdan qoʻrqishadi? Buni tushunish uchun esa “egoizm”ni “oʻzini sevish”dan ajratib olishimiz kerak. “Ego” lotin tilidan tarjima qilinganda – inson hayotining markazida faqat “Men” turishini anglatadi. Egoist inson oʻz manfaatlarini boshqalardan ustun qoʻyadi va har qanday vaziyatda oʻzi uchun foyda qidiradi. Oʻz-oʻzini sevish esa, birinchi oʻrinda oʻz-oʻzini qabul qilishdir. Oʻz-oʻzini qabul qilish deyilganda, nafaqat fazilatlar, balki nuqsonlarni ham boricha qabul qilish tushuniladi. Oʻzini chinakamiga sevadigan inson, dunyo uchun ochiq va doimo boshqalarga yordamga tayyor boʻladi.

Qanday qilib insonning oʻziga boʻlgan muhabbati (buni sogʻlom egoizm deb ataymiz) va haqiqiy egoizm orasida chegarani topish mumkin? Yoki, bu tuygʻularni qanday qilib farqlab olish mumkin? Egoizmdan oʻz-oʻzini yaxshi koʻrishgacha boʻlgan yoʻl juda koʻp sabr va harakat talab qilsa-da, natija sarflangan quvvatga arziydi.

Egoizm insonning ruhiy rivojlanishining bosqichlaridan biri hisoblanadi. Uni bosib oʻtgandan keyingina, haqiqiy ozodlikni his qilish mumkin. Biz barchamiz ham bolaligimizda egoist boʻlganmiz va baʼzilarimiz shundayligimizcha qolib ketganmiz. Axir bolaligimizda butun dunyodagi barcha narsalar biz uchun edi-ku! Mehr, eʼtibor, gʻamxoʻrlik barchasi biz uchun! Shunday vaziyatda bola oʻzini butun dunyodagi eng kerakli inson, deb deb hisoblaydi va bu bola katta boʻlguniga qadar normal holat hisoblanadi. Bu yerda asosiy rolni ota-ona oʻynaydi: ularning asosiy vazifasi, bolani faqat olishga emas, berishga ham oʻrgatishdir. Xuddi shunday almashish bolada insoniy munosabatlarda sogʻlom fikr yuritish qobiliyatini paydo qiladi.

Agar bolaga yoshligida ota-ona mehri yetishmagan boʻlsa, kelajakda u oʻz-oʻzini sevish qanday boʻlishini tushunishi qiyin boʻladi. Insonning oʻzi va boshqalarga boʻlgan muhabbati oʻzaro bogʻliq hisoblanadi. Agar kishi oʻzini yaxshi koʻrsa va barcha koʻrinishlarda qabul qila olsa, u atrofidagilar va barcha insonlarga osonlik bilan mehr ulasha oladi.

Shunday qilib, egoizm – bu yomon, sogʻlom egoizm, yaʼni, oʻzi haqida qaygʻurish – bu yaxshi. Bu juda oson. Ammo inson oʻzini yaxshi koʻrmasa nima qilish kerak?

Yechim juda oson:

• Oʻz-oʻzini rivojlantirish, oʻzi uchun qiziqarliroq insonga aylanish.
• Muvaffaqiyatsizliklar uchun oʻzini ayblayvermaslik va omadsizliklardan xulosa chiqarish.
• Oʻziga nisbatan xolis boʻlish va his-tuygʻu va hatto, baland ovozda kulishlarni ham yaxshi koʻrish.
Oʻzingiz ham kuzatib koʻring, oʻzini haqiqatdan ham yaxshi koʻradigan insonni sezmaslik mumkin emas. U oʻzi va atrofdagilarga tugamas quvvat bagʻishlaydi va bunday insondan uzoqlashgingiz kelmaydi, toʻgʻrimi?


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
10:26 / 14.06.2025
14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025
Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri tashkil etildi.
09:40 / 15.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
17:47 / 14.06.2025
Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!