Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Kecha, 7-iyul kuni to‘lov tizimlari bilan bog‘liq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab, to‘lov amalga oshirilganda iste’molchi balansida to‘lov qoldig‘i ko‘proq ko‘rsatishi kuzatilgan.
Shundan so‘ng, tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etilishi ma’lum qilingan edi.
Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasi to‘lovlari bilan bog‘liq nosozlik to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qildi.
Ayni paytda iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni istalgan to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishlari mumkin.
“Kelib chiqqan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, – deyiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!