“IT svet borligida boshlanadi, tugaganda tugaydi”, – deya IT sohasidagi tadbirkor Abduqahhor Toshmuhamedov rasmiylar bilan ochiq muloqotda yoz boshlanganidan beri har kuni “svet” o‘chayotganini aytdi. Biznes ombudsman Dilmurod Qosimovning ma’lum qilishicha, hozirda avariyalar bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlarda svetni ogohlantirishsiz o‘chirgani uchun HETKlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif ishlab chiqilmoqda.
29-iyun kuni moliyaviy, yuridik, konsalting, IT va aloqa sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida bo‘lgan.
Unda so‘zga chiqqan IT sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkor Abduqahhor Toshmuhamedov yoz boshlanganidan beri har kuni tok o‘chishi haqida gapirdi.
“IT “svet” borligida boshlanadi, tugaganda tugaydi. Elektrosetlar bilan kelishuvlar jarima tomonga o‘tkazilsami… Sababi yoz boshlanganidan beri kuniga 3-4 soat tok o‘chadi. Tijoriy narxlarga o‘tildi, lekin hali ham ularning javobgarligi yo‘q. Har kuni bir vaqtda tok o‘chadi, bu tartibga solinishi kerak. Chet ellik hamkorlarimiz oldida (10 dan ziyod davlat bilan ishlaymiz) javobgarligimiz bor, “svet” o‘chib qolishida, internet o‘chib qolishida”, – dedi tadbirkor.
Ushbu taklifga javoban biznes ombudsman Dilmurod Qosimov bu muammo faqat IT sohasida emas, balki barcha biznes sohalarida borligini aytdi.
“Bu bo‘yicha taklif ishlab chiqyapmiz, haqiqatan “elektroset” ogohlantirmasdan o‘chirsa, javobgarlik masalasi borasida. Lekin har kuni o‘chirilyapti, ba’zilarida nosozliklar bo‘lishi mumkin. Hech kim kafolat bermaydi. Lekin ogohlantirmasdan o‘chirsa yoki boshqa holatlarda ularning javobgarligi bo‘lishi kerak. Chunki sizlar tadbirkorsizlar, ishingiz to‘xtab qolishi mumkin. Javobgarlik masalasi bo‘yicha taklif ishlab chiqyapmiz”, – dedi biznes vakil.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!