Joriy yil 29-iyun kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Hayot Shamsutdinov ma’lum qilgan.
Aniqlanishicha, prokuror ushbu pul mablag‘ini hududdagi MChJlardan biriga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish bilan bog‘liq masalalarda ko‘maklashish evaziga olayotgan bo‘lgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!