$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Endi geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi

21:08 / 03.11.2022

Endi geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi.

“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–799, 02.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yildi.

Bunda O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo‘lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.

Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

Takliflar kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunida tegishli organlar o‘zlarining rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Shuningdek, takliflar muhokamasi ular e’lon qilingan sanadan e’tiboran 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak.


Bu ham qiziq

AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

“Gap hamkorlik bitimlari haqida bormoqda.  Mazkur bitimlar “Amerikani yangi oltin davr” sari olib boradi”, – deyiladi Oq uy …
08:24 / 15.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezko…
08:41 / 15.05.2025
Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazi…
12:01 / 15.05.2025
Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarq…
15:43 / 14.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Тhe New York Times yozishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytgach, uning oilaviy biznesi foyda ko‘ra boshladi.
11:02 / 15.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini tugatish uchun O‘zbekistonga 16 yuk mashinasi Hirot marmarini had…
18:06 / 14.05.2025
15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Harorat kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
02:30 / 15.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!