$
11972.34 UZS
-32.75
147.79 UZS
-0.77
13786.15 UZS
-112.14
31° Kechasi 18°

Endi o‘zbekistonliklar davlat bayrog‘ini yashash uylariga osib qo‘yishlari mumkin bo‘ladi

16:21 / 23.06.2023

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun ma’qullandi.
 
Yuqori palata xabariga ko‘ra, amaldagi qonun bir nechta yangi normalar bilan to‘ldirilmoqda.
 
Xususan, bu qonun bilan davlat bayrog‘idan sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya va madaniy tadbirlarda, rasmiy xalqaro tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilarning dafn marosimlarida hamda boshqa hollarda hurmatni ta’minlagan holda bayroqdan foydalanish mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
 
Shuningdek, bayroq tasviri tushirilgan belgilardan foydalanishda ham aholiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, bayroqdan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, transport vositalarining salonida, rasmiy xalqaro tadbirlarda, harbiy yoki boshqa davlat xizmatida bo‘lgan shaxslarning kiyim-boshida va farqlovchi nishonlarida, xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda foydalanish mumkinligi nazarda tutilmoqda.
 
Bundan tashqari, bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda yoxud ularni tahqirlash hisoblanadigan boshqacha tarzda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.
 
“Maqsad – xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning yurtga sadoqati, faxr-iftixori ifodasi sifatida Davlat bayrog‘idan foydalanish ko‘lamini yanada kengaytirish zarur. Bu boradagi tartib-taomillarni yanada erkinlashtirib aniqlashtirish, xalqimizning xursandchilik kunlarida, xonadonlarda bayrog‘imiz hilpirab turishiga imkon berish, sodda qilib aytganda bayrog‘imiz tom ma’nodagi xalq bayrog‘i bo‘lishiga erishishdir. Shu bilan birga, Qonun bilan bayrog‘imizga nisbatan hurmatsizlik va nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka oid aniq normalar belgilanayotgani ham nihoyatda muhim, zero gap davlatimiz ramzi haqida bormoqda”, – dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Bu ham qiziq

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

Aholi yashash hududiga yaqin joylashgan “zapravka”lar ko‘chiriladi

2026-yil 1-martga qadar shoxobchalarda o‘tkazilgan xatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minim…
08:57 / 02.11.2025
Sergey Fomin Xitoydagi turnirda chempion bo‘ldi

Sergey Fomin Xitoydagi turnirda chempion bo‘ldi

Xitoyning Syandaoxu shahrida tennis bo‘yicha ITF M25 toifasiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
09:45 / 02.11.2025
Afg‘onistondagi zilzilada halok bo‘lganlar soni e’lon qilindi

Afg‘onistondagi zilzilada halok bo‘lganlar soni e’lon qilindi

Bu haqda AQSh geologiya xizmati xabar berdi.
08:58 / 03.11.2025
Eron prezidenti yadroviy obyektlarni tiklashga va’da berdi

Eron prezidenti yadroviy obyektlarni tiklashga va’da berdi

“Mas’ud Pizishkiyon bu haqda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqotda ma’lum qildi”, deya xabar bermoqda Reuters.
16:37 / 02.11.2025
Elit OChL. Bugun “Nasaf” Qarshida “Al-Vaxda”ni mehmon qiladi

Elit OChL. Bugun “Nasaf” Qarshida “Al-Vaxda”ni mehmon qiladi

Bugun, 3-noyabr kuni qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasidagi 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi.
15:39 / 03.11.2025
Quyosh panellari o‘rnatgan aholiga 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berildi

Quyosh panellari o‘rnatgan aholiga 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berildi

Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
14:48 / 03.11.2025
Mark Karni Trampdan uzr so‘radi

Mark Karni Trampdan uzr so‘radi

Kanada Bosh vaziri Mark Karni 1-noyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Trampdan tariflarga qarshi siyosiy reklama uchun uzr so‘r…
16:38 / 02.11.2025
3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgart…
16:53 / 02.11.2025
4-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-noyabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat…
17:31 / 03.11.2025
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi

O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi

Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
08:30 / 04.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!