Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron har qanday tajovuzga darhol va qat’iy javob berishga tayyorligini bildirdi.
Uning aytishicha, Eron Qurolli kuchlari to‘liq shay holatda, shuningdek, “12 kunlik urush”dan olingan saboqlar yanada tez, kuchli va samarali javob berish imkonini beradi.
“Bizning jasur Qurolli kuchlarimiz – quruqlik, havo va dengiz bizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzga zudlik bilan va qat’iy javob berishga tayyor. “12 kunlik urush” davomida olingan muhim saboqlar bizga yanada kuchliroq, tezroq va samaraliroq javob qaytarish imkonini berdi”, — degan Aroqchi.
Shu bilan birga, Aroqchi Eron har doim o‘zaro manfaatli, adolatli va teng huquqli yadroviy kelishuv tarafdori bo‘lib kelganini ta’kidlagan. Bunday bitim Eronning tinch yadroviy texnologiyalardan foydalanish huquqini kafolatlashi va yadroviy qurol mavjudligini istisno etishi lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy qurol Eronning xavfsizlik rejalari tarkibiga kirmaydi va mamlakat hech qachon uni qo‘lga kiritish uchun harakat qilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!