Xalisko shtati jamoat xavfsizligi kotibining ma’lum qilishicha, mahbuslarning sheriklari qamoqxonani o‘qqa tutgan, so‘ngra avtomobil yordamida darvozani buzib kirgan. Boshlangan otishma chog‘ida muassasa qo‘riqchilaridan biri halok bo‘lgan.
Shuningdek, CJNG karteli yetakchisi “El Mencho” o‘ldirilganidan keyin boshlangan tartibsizliklar tufayli Meksika hukumati Xaliskoga qo‘shimcha ravishda 2 ming nafar harbiy yuborgani xabar qilinmoqda.
Meksika hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning bir qator hududlarida yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda qariyb 60 kishi halok bo‘lgan, ularning 30 nafari jinoiy to‘da a’zolari hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!