Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Gaziantepdagi mintaqaviy qurultoyda Suriyaning tinchlikka erishish tarafdori ekanligini, qo‘shni mamlakatga nisbatan hech qanday hududiy da’volar yo‘qligini ma’lum qildi.
“Biz hatto biron bir mamlakatning toshlariga da’vo qilmaymiz. Biz qo‘shnimiz Suriyaning 13 yil davomida orzu qilgan tinchlik va osoyishtalikka erishishini istaymiz. Xatayning farovonligi haqida qayg‘urganimiz kabi, Hama, Xoms, Damashq, Raqqa va Aynularab ham xavfsiz bo‘lishini istaymiz”, — dedi Turkiya rahbari.
Shuningdek, Erdo‘g‘an Suriya barcha etnik va diniy elementlari bilan suriyaliklarga tegishli ekanligini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!