Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib olgan.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortib, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
O‘zbekiston Prezidenti faxriy qorovul safi oldidan o‘tgan. So‘ng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng, oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!