Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning Sansho kompaniyasi prezidenti Akazava Masakini qabul qildi.
Uchrashuvda Yaponiya kompaniyasi tomonidan Fargʻonada ikki bosqichda tashkil etish rejalashtirilayotgan chiqindini qayta ishlash korxonasi loyihasini amalga oshirish jarayonlari muhokama qilingan.
100 foiz toʻgʻridan toʻgʻri Yaponiya kompaniyasi investitsiyasi hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 million dollar boʻlgan mazkur loyihaning 3 million dollarlik birinchi bosqichida Ekoshahar va uning atrofidagi hududlardagi chiqindilarni ajratish va qayta ishlash boʻyicha Yaponiya texnologiyasiga asoslangan ekologik toza korxona tashkil etish koʻzda tutilgan.
Ikkinchi bosqichda esa chiqindilarning qayta ishlash mumkin boʻlmagan qismini yoqish orqali elektr energiya ishlab chiqarishga asoslangan korxona tashkil etish reja qilingan.
Qayd etilishicha, loyiha Fargʻona tumani Satkak qishlogʻi yaqinida joylashgan markaziy chiqindixona hududida amalga oshiriladi.
Ekoshahar hududidagi chiqindilar bilan birga chiqindixona hududidagi chiqindilarni ham qoʻshib qayta ishlash tashkil etiladi. Istiqbolda chiqindixona hududi toʻla tozalanib, kichik sanoat zonasi tashkil etilishi reja qilingan.
Loyihaning birinchi bosqichi joriy yil sentyabr oyiga qadar ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.
Mavzuga doir: Toshkent viloyatida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!