$
12973.31 UZS
12.93
151.19 UZS
-0.73
14329.02 UZS
176.29
26° Kechasi 15°

Har yili kambag‘allikni qisqartirishga 14 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda

09:25 / 15.08.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Har bir mamlakat rivojlanish jarayonida kambag‘allikni qisqartirish bosqichidan o‘tadi. O‘zbekiston ham 2020-yilda aholining muayyan qismi kambag‘al ekanini tan olib, ularga madad berishga kirishdi. Moliyaviy-tashkiliy choralar ko‘rilib, tizim joriy qilindi. Bu o‘z samarasini berib, uzoq yillar og‘ir vaziyatda bo‘lgan 3 milliondan ziyod odamlarning sharoiti yaxshilandi. Kambag‘allik darajasi 17 foizdan 11 foizga tushdi.

Kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 11 foizdan 7 foizga qisqartirish maqsad qilingan. Hozirgacha bo‘lgan tizim bilan natijadorlikni oshirish qiyin. Kambag‘al oilani tanlashda aniqlik, ularni bu holatdan olib chiqish va mablag‘ ajratishda yaxlitlik yetishmaydi.

Shu yil 12-iyul kuni Farg‘ona viloyatida o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari bu borada yangicha yondashuvlar kerakligi, endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bir tizimda bo‘lishini aytgan edi.

Taqdimotda ushbu ikki sohani mutanosib rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, tahlillardan kelib chiqib, kambag‘allikni aniqlash mezonlari va manzilli ro‘yxati shakllantiriladi. Jumladan, unga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi hamda kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lganlar kiritiladi. Bunday oilalar “mahalla yettiligi” va faollari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlanadi. Kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan barcha ijtimoiy xizmat va yordamlar “Inson” markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Kambag‘allik omillarini o‘rganish uchun ijtimoiy himoya va bandlik masalalarida 8 ta yo‘nalishda yagona savolnoma ishlab chiqiladi. Shu asosida oilalarning imkoniyatlari baholanib, 3 ta toifaga ajratiladi. Har bir oilaga individual yondashilib, “oyoqqa turishi”ga ko‘maklashiladi.

Shu taxlit, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalar ro‘yxati ham shakllantiriladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hokimliklar tomonidan har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, ular kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirib boriladi.

Bugungi kunda hokim yordamchilariga 20 dan ortiq vazifalar yuklatilgan. Shu sababli kambag‘allikni qisqartirish masalasi ikkilamchi darajaga tushib qolgan. Endi hokim yordamchilarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqilib, asosiy e’tibor kambag‘allikni qisqartirish va ular bandligini ta’minlashga qaratiladi.

Har yili kambag‘allikni qisqartirishga 14 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda. Lekin bu mablag‘ 40 turdagi moliyaviy vositalar orqali, 10 ga yaqin idora tomonidan berilmoqda, yagona yondashuv yo‘q. Shu bois bu tizim ham o‘zgartiriladi. Mablag‘lar hudud, tuman va mahallalar kesimida kambag‘al oilalar sonidan kelib chiqib, mos ravishda Agentlik va hokimliklar tomonidan taqsimlanadi. Bunda mablag‘lar, birinchi navbatda, oilani kambag‘allikdan chiqarishga yo‘naltiriladi.

Kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosi bo‘yicha 3 bosqichda – mahalla va tuman, viloyat hamda respublika darajasida monitoring tashkil qilinadi. Bu borada jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

Ish o‘rinlarini zaxiralash amaliyoti o‘rniga ehtiyojmand kishilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi. Bo‘sh ish o‘rinlari to‘liq raqamlashtiriladi. Buyurtmachini kasanachi va frilanserga bog‘laydigan onlayn platforma tashkil qilinadi. “Ishga marhamat” monomarkazlarida kambag‘al fuqarolarni xizmatlar sohasida zamonaviy kasblarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

– Oxirgi yillarda to‘plangan tajriba va odamlarning ehtiyojidan xulosa qilib, kambag‘allikni qisqartirishni yangi bosqichga olib chiqish kerak. Ehtiyojmand insonlarning xohishi va imkoniyatini qo‘llab-quvvatlab, hayotga, jamiyatga olib kirish zarur. Umuman, har qanday ijtimoiy yordam pirovardida bandlikka bog‘lanishi shart, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga ijtimoiy ko‘maklarning manzilliligi va shaffofligini ta’minlash, bandlik va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 


O‘zbekiston


														
														2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘s…
11:13 / 10.04.2025

														
														Toshkent ko‘chalaridan birida transport harakati vaqtincha cheklanmoqda

Toshkent ko‘chalaridan birida transport harakati vaqtincha cheklanmoqda

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va yo‘nalishni oldindan rejalashtirishingizni tavsiya etamiz”, – deya xabar berdi poytaxt…
10:06 / 10.04.2025

														
														Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

10-aprel kuni soat 07:30 da  Toshkent shahar Chilonzor tumani, Furqat ko‘chasida, elektromobil yonayotganligi to‘g‘risida, T…
09:37 / 10.04.2025

														
														Xizmat xonasida psixotrop modda iste’mol qilgan mansabdor va o‘rinbosari ishdan olindi

Xizmat xonasida psixotrop modda iste’mol qilgan mansabdor va o‘rinbosari ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xona…
09:10 / 10.04.2025

														
														10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:45 / 09.04.2025

														
														Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga mag‘lub bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga mag‘lub bo‘ldi

Ayni paytda Fransiya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri tashkil etilm…
22:08 / 09.04.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taq…
21:11 / 09.04.2025

														
														Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya va O‘zbekiston kosmik hamkorlikni kengaytiradi

Janubiy Koreya kosmik sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqishda, mutaxassislar tayyorlashda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydi. B…
20:20 / 09.04.2025

														
														Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tgan Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
19:26 / 09.04.2025

														
														Hujjatsiz suv inshootlari va ularning yerlari “Suvta’minot”ga bepul beriladi

Hujjatsiz suv inshootlari va ularning yerlari “Suvta’minot”ga bepul beriladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar…
18:36 / 09.04.2025

Bu ham qiziq

Ayrim tumanlarda tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Ayrim tumanlarda tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 9-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib beris…
09:47 / 09.04.2025
2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini jami 3,5 mlrd dollarga yetkazish belgilandi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘s…
11:13 / 10.04.2025
Mask Trampni bojlarni bekor qilishga chaqirdi

Mask Trampni bojlarni bekor qilishga chaqirdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampga bojlar to‘g‘risidagi qarorni o‘zgartirishni so‘radi. Bu haqda …
22:06 / 08.04.2025
Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi

Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilo…
12:29 / 09.04.2025
Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi

Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi

O‘zbekiston MTJ va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rimliklar bilan shartnomasini uzaytirishga rozilik bildirdi.
10:53 / 10.04.2025
9-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.
22:55 / 08.04.2025
10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:45 / 09.04.2025
Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tgan Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
19:26 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Yaqin qarindoshlarini topish uc…
15:13 / 09.04.2025
Zelenskiy Rossiya harbiylari safida kamida 155 nafar xitoylik borligini ma’lum qildi

Zelenskiy Rossiya harbiylari safida kamida 155 nafar xitoylik borligini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yollangan xitoyliklar Moskvaga yetib kelgach, 3-4 kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, so‘ngra 1-2 oylik …
12:20 / 10.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!