Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Yaqin qarindoshlarini topish uchun ular IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirildi.
“Qozog‘istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi”, – deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
O‘zbekistonning Olmaotadagi bosh konsulligi diplomatlari Og‘ir ahvoldagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi davlat muassasasi va Olmaota shahri Ta’lim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda 6−17 yosh oralig‘idagi bolalarni o‘z vataniga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni to‘ldirgan.
Ular yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!