Putin Rossiya va Turkiya orasida munosabatlar rivojlanib borayotganini qayd etdi.
“Turkiyaga sayyohlar oqimi bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinni egalladi. Menimcha, yangi tarixiy rekord o‘rnatildi. Respublikaga 6,7 milliondan ortiq Rossiya fuqarolari tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6,3 foizga ko‘pdir”, – dedi Putin.
Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuvda Turkiya bilan Rossiya Federasiyasi o‘rtasidagi savdo, turizm, sarmoya va energetika sohalaridagi aloqalar rivojlanishda davom etganini aytdi.
Shuningdek, Putin Turkiyaga Ukraina inqirozini hal qilish harakatlariga qo‘shgan muhim hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Biz Turkiyani ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan hamkor sifatida ko‘ramiz”, – dedi Putin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!