$
12011.65 UZS
48.49
₽
143.17 UZS
0.84
€
13462.66 UZS
72.3
31° Kechasi 18°

Hokim hazillashdimi? Adliya vazirligi G‘ijduvon shashligining patentlanishiga munosabat bildirdi

13:57 / 30.08.2023

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani hokimining Gʻijduvon shashlikni patentlash to‘g‘risidagi so‘zlariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, Gʻijduvon shashlik Buxoro viloyat adliya boshqarmasining ko‘magi bilan joriy yilning 24-avgust kuni geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mazkur geografik ko‘rsatkich guvohnomasi esa davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami tadbirlari doirasida Gʻijduvon tuman hokimi Sherzod Ashurovga tantanali ravishda topshirilgan.

Hokim esa o‘z nutqida endi “Gʻijduvon shashlik”ni pishirmoqchi bo‘lgan har qanday odam kelib, tuman hokimligidan ruxsat olishi va pul to‘lashi kerak ekanligini aytgan.

Biroq Adliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, buning uchun hokimiyatdan ruxsat olish va hech qanday to‘lov shart emas. Tuman hokimi hazillashgan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqi xuddi shu geografik obyektda joylashgan va xuddi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.

“Muayyan tovarning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamaydi”, – deyiladi vazirlik xabarida.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekistonning milliy haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olish imkoniyati muhokama qilindi. Mi…
10:04 / 16.10.2026
Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarda xorijiy tillarni, jumladan, sharq tillarini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida “Teach for …
09:19 / 16.10.2026
AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida 15-oktyabr kuni Silver Rail boshlang‘ich maktabida 16 yoshli o‘smir tomonidan sodir…
09:43 / 16.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
17:16 / 15.10.2026
Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026
Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorlig…
15:20 / 16.10.2026
Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida 1,7 gektar maydonda favvorali sun’iy ko‘l qurilishi boshlandi. Lo…
16:39 / 15.10.2026
O‘zbekiston va Turkiya “Baykar” tajribasi asosida texnologik hamkorlikni rivojlantirishi mumkin

O‘zbekiston va Turkiya “Baykar” tajribasi asosida texnologik hamkorlikni rivojlantirishi mumkin

O‘zbekiston vakili Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasiga tashrif buyurib, yuqori texnologiyalar, jumladan, mudofaa san…
15:31 / 15.10.2026
17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kech…
15:29 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!