Qozoğistonning Olmaota şahridagi Bostandiq tumanida joylaşgan barak tipidagi turar joy binosida yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida beş kişi, jumladan, ikki nafar Özbekiston fuqarosi — T.I. va K.Ye. halok böldi.
Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Marhum Özbekiston fuqarolarining jasadlarini vatanga olib keliş uçun Özbekistonning Olmaotadagi Boş konsulxonasi Migratsiya agentligi, Bostandiq tumani hokimligi hamda Politsiya departamenti bilan hamkorlikda zarur hujjatlarni rasmiylaştirdi.
Halok bölgan ikki nafar vatandoşning jasadi Olmaota aeroportidan Nukus şahriga jönatilgan.
Şuningdek, yonğin vaqtida binodan çiqişga muvaffaq bölgan ikki nafar Özbekiston fuqarosiga ham konsullik va amaliy yordam körsatilib hodisa oqibatida pasportlari yöqolgan fuqarolarga Özbekistonga qaytiş guvohnomalari rasmiylaştiriladi.
Migratsiya agentligi kömagida aviaçiptalar xarid qilinib, ular ham Özbekistonga qaytarilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!