$
12011.65 UZS
48.49
₽
143.17 UZS
0.84
€
13462.66 UZS
72.3
31° Kechasi 18°

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensasiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladi

13:05 / 11.10.2022

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensasiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladi. Noyabrdan boshlab, ijara shartnoma bo‘lsa, keyin kompensasiya beriladi. Bu haqda xuqushunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining bayoniga binoan, talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan uzoq hududlardan kelgan birinchi kurs talabalariga, istisno tariqasida, oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan ijara kompensasiyasi to‘lab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan birinchi kursda tahsil olayotgan, ijarada yashayotgan talabalar ro‘yxatini shakllantirish hamda ijara kompensasiya to‘lovlarini amalga oshirish yuzasidan rektor (direktor) buyrug‘i rasmiylashtirilib, tegishli mablag‘lar to‘lanishi belgilandi.

Bu nima degani?

Ma’lumki, o‘tgan yildan boshlab talabalar turar joyida joy yo‘qligi uchun ijarada turishga majbur bo‘lgan talabalarga ijara kompensasiyasi to‘lash tartibi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun talaba ijara shartnomasini o‘zi o‘qiyotgan OTMga topshirishi kerak edi.

Bu tartib hozir ham kuchida. Ya’ni qaysidir talaba ijarada turgan bo‘lsa, u nechanchi kursda o‘qiyotganidan qat’i nazar, ijara kompensasiyasi olishga haqqi bor.

Endi yangi tartibga ko‘ra, 1-kurslar uchun istisno belgilandi. Ya’ni yotoqxonaga joylasha olmagan 1-kurs talabalari "Men ijarada turdim" deb aytsa kifoya. Ularga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara kompensasiyasi hech qanday ijara shartnoma talab etilmasdan to‘lab beriladi. Agar ular yana kompensasiya olmoqchi bo‘lsa, unda noyabr oyidan boshlab ijara shartnoma ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bu istisno faqat 1-kurslarga berildi. Katta kurslar sentyabr va oktyabr oylari uchun ham ijara shartnoma taqdim etsagina, kompensasiya olishadi.

Ijara kompensasiyaning miqdori qancha?

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Har oylik ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 300 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa 150 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi.

Demak, yotoqxonaga joylashmagan 1-kurs talabalari sentyabr va oktyabr, ya’ni 2 oyga Toshkent shahri uchun jami 600 ming so‘m, hududlar uchun 300 ming so‘mgacha kompensasiya puli olishlari mumkin. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.


Bu ham qiziq

Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda yangi elektr stansiyalari bilan bir qatorda e…
15:03 / 16.10.2026
O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda energet…
14:51 / 16.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
17:16 / 15.10.2026
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida baliqxona va savdo do‘konida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.…
16:52 / 15.10.2026
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi energetika quvvati yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi energetika quvvati yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi…
14:54 / 16.10.2026
Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi…
16:17 / 16.10.2026
Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorlig…
15:20 / 16.10.2026
UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakll…
10:28 / 16.10.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
09:14 / 16.10.2026
Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!