$
12023.61 UZS
9.24
₽
145.54 UZS
-0.65
€
13236.79 UZS
-43.89
31° Kechasi 18°

Ilon Mask, Stiv Voznyak va 1000 dan mutaxassislar neyron tarmoqlarni to‘xtatishni talab qilmoqda

22:00 / 30.03.2023

Ilon Mask sun’iy intellekt (AI) sohasidagi 1000 dan ortiq ekspertlar bilan birgalikda kuchli neyron tarmoqlarni o‘qitishga moratoriy joriy etishni talab qildi, chunki bu sohadagi nazoratsiz jarayon insoniyatga xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda 22-mart kuni “Future of Life Institute” (“Future Life Institute”) notijorat tashkiloti saytida e’lon qilingan sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislarning ochiq xatida aytiladi.

“Biz barcha sun’iy intellekt laboratoriyalarini GPT-4 dan kuchliroq sun’iy intellekt tizimlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni darhol kamida 6 oyga to‘xtatishga chaqiramiz. Ushbu tanaffus ommaviy ravishda e’lon qilinishi kerak, uning bajarilishi tekshirilishi va barcha asosiy sanoat ishtirokchilarini o‘z ichiga olishi kerak. Agar imkon qadar tezroq bunday pauza qilishning iloji bo‘lmasa, hukumatlar aralashib, moratoriy joriy etishi lozim”, – deyiladi maktubda.

Imzolovchilar sun’iy intellekt laboratoriyalari va mustaqil ekspertlar umumiy xavfsizlik protokollarini birgalikda ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun ushbu “nafas olish maydoni” dan foydalanishlari kerak, deb hisoblashadi. Ta’kidlanishicha, bu mustaqil tashqi ekspertlar tomonidan sinovdan o‘tkazilishi va boshqarilishi mumkin bo‘lgan ilg‘or sun’iy intellekt tizimlarini loyihalash va ishlab chiqish uchun zarur bo‘ladi.

Bunga parallel ravishda ekspertlar yangi AI regulyatorlarini, shuningdek, yangi tizimlar xavfsizligini ta’minlaydigan hukumat darajasidagi nazorat tizimlarini yaratish uchun siyosiy sohani o‘zgartirishni taklif qilmoqdalar.

Ochiq xatni imzolaganlar orasida Maskdan tashqari “Apple” asoschilaridan biri Stiv Voznyak, sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi ekspertlar Stiven Rassel va Joshua Benjio kabi taniqli mutaxassislar, shuningdek, axborot texnologiyalari va mashinalarni o‘rganish sohasida faoliyat yurituvchi 1100 dan ortiq yetakchi mutaxassislar bor.

Qayd etish mumkin, joriy yil mart oyi o‘rtalarida Amerikaning “OpenAI” kompaniyasi tabiiy tillarni qayta ishlash algoritmining yangi avlodi – multimodal GPT-4 modelini taqdim etdi. Uning mualliflarining fikricha, avvalgi GPT-3.5 versiyasidan ancha ustun hisoblanadi.

Shunday qilib, GPT-4 ko‘proq “ijodkorlik” bilan ta’minlangan va foydalanishda ishonchliroq, u batafsilroq so‘rovlarni qayta ishlashga qodir. Haqiqiylik yoki ishonchlilikning ichki baholariga ko‘ra, u GPT-3.5 dan 40 foizga aniqroq. Misol tariqasida kompaniya advokat uchun test – simulyatorni keltirdi, uning yordamida ikkala neyron tarmoq ham baholanadi. GPT-4 ko‘rsatkichlari taxminan eng yuqori 10 foiz, GPT-3.5 esa pastki 10 foiz bo‘lgan.


Ilm-fan


														
														Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

														
														Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026

														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

Surxondaryoda 20 sotix davlat yerini 500 mln sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

Surxondaryoda 20 sotix davlat yerini 500 mln sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida davlat zaxirasidagi 20 sotix yaylov yerini 500 million sömga sotişni va’da qilgan fu…
10:16 / 17.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy yetişmasligi sababli ayrim mahbuslarni muddatidan oldin ozod qiliş tartibi joriy etilmoqda…
10:05 / 17.11.2026
Iordaniyada Telegram messenjeri bloklandi

Iordaniyada Telegram messenjeri bloklandi

Iordaniya hukumati 16-noyabr kuni Telegram messenjeriga kirişni çekladi. Uşbu çora raqamli xavfsizlikni kuçaytiriş, foydalan…
13:57 / 16.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Buxoroda maktab öquvçilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Buxoroda maktab öquvçilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahridagi 42-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb etilayotgan…
13:44 / 16.11.2026
Putin, Tramp va Si Szinpin uç tomonlama uçraşuv kun tartibini kelişa olmadi — FT

Putin, Tramp va Si Szinpin uç tomonlama uçraşuv kun tartibini kelişa olmadi — FT

Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilari Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning 19-noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida öt…
13:59 / 16.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Yaşnobod hokimligi mahalla raisi 900 dollar bilan uşlangani haqidagi xabarni rad etdi

Yaşnobod hokimligi mahalla raisi 900 dollar bilan uşlangani haqidagi xabarni rad etdi

Yaşnobod tumani hokimligi mahalla raisi tadbirkordan bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştiriş evaziga 900 AQŞ…
10:38 / 17.11.2026
Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijonda poyezd Damas bilan töqnaşdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida 16-noyabr kuni temiryöl kesişmasida Damas avtomobilini poyezd urib yubordi. Hodisa oqiba…
14:02 / 16.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!