2024-yilda Polsha Rossiya bilan Sharqiy chegarada mudofaa istehkomlarini qurishni boshlaydi. Milliy mudofaa vazirining o‘rinbosari Sezari Tomchik shunday bayonot berdi.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ushbu loyiha dasturi 2028-yilgacha yakunlashi kerak. Sharqiy chegaradagi bu istehkomlar mamlakatga taxminan 2,6 milliard dollarga tushadi. Qo‘rg‘onlarning umumiy uzunligi 800 kilometrga yaqin.
Shuningdek Polsha Belorusiya chegarasida ham shunday istehkomlar qurgan edi. Devorning uzunligi 186 kilometr, balandligi besh metr, narxi taxminan 400 million dollarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!