Ma’lum bo‘lishicha, chorshanba kuni Venetsiyada dahshatli avtohalokat qurbonlari uchun motam e’lon qilindi. Avtobus ko‘prikdan qulab tushdi. 21 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi jarohat olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda o‘zini yomon his qilgan. U hushidan ketgan va avtobus 10 metr balandlikdan qulab tushgan. Avtobus metan bilan ishlagan, shuning uchun u zarbadan yonib ketgan. Odamlar buzilgan salonda qolib ketishgan va tashqariga chiqa olmagan.
Qurbonlar orasida lagerga borgan chet ellik sayyohlar ham bo‘lgan. Ukraina va Germaniya fuqarolari vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!