Bugun, 29-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamutdinov qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, universitetining ma’muriy binosi 4-qavatidan o‘zini tashlagan talaba yigit Namangan viloyatida 2001-yilda tug‘ilgan bo‘lib, u universitetining 2-bosqichi o‘qiyotgan bo‘lgan.
Hozirda sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilgan holda Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!