Muan aeroportida yuz bergan samolyot halokatidan so‘ng Janubiy Koreya hukumati yetti kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda respublika prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mok ma’lum qildi.
Fojia joyidan 179 ta qurbonning jasadi topildi, deb xabar beradi Yonhap agentligi. Qayd etilishicha, ushbu aviahalokat mamlakat tarixidagi eng yirik aviahalokat hisoblanadi.
Samolyot Bangkokdan uchgan va bortda 181 kishi bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan, faqat ikki ekipaj a’zosi, bir erkak va bir ayol tirik qoldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avialayner aeroportga yaqinlashayotganda qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgan, natijada qo‘nish moslamasi tizimi shikastlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!