– Zafar Azimov Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat boshlagan edi.
– Zafar Ro‘ziyev Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u Zarbdor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Zafar Ro‘ziyev 2013-2019-yillarda Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!