$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Jizzaxdagi AESni nega aynan Rossiya quryapti?

11:54 / 30.06.2024

Jizzaxdagi AESni nega aynan Rossiya quryapti?

Xabaringiz bor, Putinning O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng, ommaviy axborot vositalarida ko‘plab muhokamalar boshlanib ketdi. Munozaralarning asosiy mavzusi ruslar O‘zbekistonda qurishni reja qilayotgan AESlar. Ba’zilar atom elektr stansiyalarini avvalroq qurish kerak edi deyishsa, ayrimlari buning qurilishidan biroz cho‘chimoqda. Mazkur mavzudagi auditoriya vakillarida ikki xil fikr paydo bo‘ldi. Birinchisi, AES qurilishidan keladigan foyda haqida gapirishsa, ikkinchi qismi esa Chernobil va Fukusimadagi fojialar haqida so‘zlashmoqda.

Mavzuga chuqurroq kiradigan bo‘lsak, AESlarning turlari ko‘p. Lekin Jizzaxda qurilishi aytilayotgan stansiyalar qaysi toifaga kiradi va xavfsizlik kafolatlari qanday? Dunyo davlatlaridan qaysilarida AESlar mavjud va O‘zbekistonga mazkur stansiyalar kerakmi? AESning afzalliklari qanday? Nega aynan Rossiya quryapti? Yuqoridagi mavzular yuzasidan quyida batafsil gaplashamiz.

AES qurilishi tarixi

Atom elektr stansiyalarni qurish va undan foydalanish haqidagi fikrlar o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlanadi. 1950-yilda SSSR fizigi I.Kurchatov izchil izlanishlardan so‘ng hukumatga atom energiyasini ajratib olish bo‘yicha ishlarni boshlashni taklif qiladi. O‘sha yilning may oyida Kaluga viloyatining Obninsk shahrida dunyodagi birinchi AES qurilishi boshlanadi. Mazkur stansiya 4 yil mobaynida quriladi va 1954-yilda ishga tushadi. Yadroviy reaktor yordamida elektr energiyasi esa ilk bor 1951-yilda AQShning Aydaho shtatida olinadi. U tajriba uchun, atigi 800 Vt energiya ishlab chiqaradi. Uning ishlashini tekshirib ko‘rish uchun generatorga to‘rtta lampochka ulanadi va hech kim kutmagan holda mazkur lampochkalar yonadi.

AESlar qanday ishlaydi?
Atom elektr stansiyasi atom yadrosi ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan reaksiya asosida ishlaydi. Mazkur jarayonda asosan uran yoki plutoniy atomlari ishtirok etadi.

AESda urandan foydalanish uchun uran rudasi kukunga aylantiriladi. So‘ngra, uran kukuni metall “tabletka” ko‘rinishiga keltiriladi – u kichik kolbalarga presslanadi va 1500 daraja haroratda bir necha kun kuydiriladi.

Aynan o‘sha uran tabletkalari yadroviy reaktorlarga joylanadi. Bitta reaktorda bir vaqtning o‘zida 10 milliontaga yaqin uran tabletkalari ishlatiladi.

Atom yadrolari neytron ajratib chiqaradi. Neytronlar yangi neytronlarni hamda ulkan kinetik energiyaga ega zarralarni hosil qiladi. Aynan mana shu energiya atom stansiyasi faoliyatining asosini tashkil qiladi. Atom reaktorida reaksiya vaqtida ajralgan energiya issiqlikka aylanadi va issiqlik tashuvchiga (suvga) o‘tadi.

So‘ngra issiqlik tashuvchidagi harorat maxsus issiqlik almashuvchi qurilmalar orqali ikkinchi konturdagi oddiy suvga o‘tadi va uni qaynatadi. Qaynash natijasida hosil bo‘lgan suv bug‘i turbinani aylantiradi. Turbina elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorni harakatga keltiradi.

Shuningdek, ikkita energiya blokni sovitish uchun AESga suv kerak bo‘ladi. Suvni esa faqatgina Tuzkon ko‘lidan olish mumkin va bu ham o‘z navbatida ko‘lni ifloslantiradi.

Mazkur AESlarning afzalliklari nimada?

- elektr energiyasi ishlab chiqarish arzonga tushadi;
- gaz bilan ishlaydigan 1000 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi atmosferaga yiliga 13 ming tonna va ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasi 165 ming tonna zararli modda chiqaradi. 1000 MVt quvvatga ega IES yiliga 8 million tonna kislorod yutadi. AES kislorod iste’mol qilmaydi va yuqoridagidek zararli chiqindilar chiqarmaydi;
- ularni yirik yonilg‘i manbasi yaqinida qurish uchun zarurat yo‘q. IESga ko‘mir va gaz keltirish katta xarajatlarni talab qiladi, AESga kerakli uran esa bitta yuk mashinasiga joylashishi mumkin;
- foydalanilgan yonilg‘ini qayta ishlab, undan yana yonilg‘i sifatida foydalaniladi;
- yuqori quvvat: bitta energoblokning quvvati 1000-1600 MVtni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, shu kungacha qurilgan ko‘plab AESlar bir marta to‘ldirilgan yoqilg‘i bilan bir yil ishlasa, Jizzaxda qurilishi rejalashtirilayotgan stansiya esa bir marta to‘ldirilgan yoqilg‘i bilan besh yil ishlashi ta’kidlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida aholiga elektr energiyasini besh yil barqaror narxda ushlab turish imkonini ham beradi.

Chernobil va Fukusima fojiasi

1986-yilning 26-aprel kuni Ukraina SSRga qarashli Pripyat shahri yaqinida joylashgan Chernobil AESning 4-reaktorining portlashi insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojialardan biri hisoblanadi.

Portlash natijasida reaktor to‘liq vayron bo‘ladi va atrof-muhitga katta miqdordagi radioaktiv moddalar tarqaladi. Xalqaro AES tashkiloti Chernobil fojiasini 7 ball bilan baholab, hozirgacha yuz bergan eng yirik AES avariyalaridan biri ekanligini ta’kidlab keladi. Chernobil falokatidan so‘ng, 600 mingdan ortiq ishchi portlash oqibatlarining oldini olish uchun safarbar qilinadi. Xarajatlar taxminan 18 milliard rublni tashkil qiladi. Falokat sabab halok bo‘lganlarning soni 4 mingdan 93 mingacha ekanligi taxmin qilinadi. Chernobil fojiasi halok bo‘lgan va uning oqibatlaridan jabr ko‘rgan odamlarning taxminiy soni bo‘yicha ham, iqtisodiy zarar nuqtayi nazaridan ham atom energetikasi tarixidagi eng yirik avariya hisoblanadi.

Xuddi shunaqa portlashlardan yana biri bu 2011-yilning 11-martida Yaponiyaning Fukusima shahrida bo‘ladi. Mazkur avariya Yaponiya tarixidagi eng kuchli yer qimirlashi va sunami oqibatida yuzaga kelgan, xalqaro yadroviy hodisalar shkalasi bo‘yicha maksimal 7-darajali radiatsiyaviy fojia hisoblanadi. Zilzila oqibatida kommutatorlar, zaxira generatorlari va akkumulyatorlar joylashgan yerto‘lalarni suv bosishi, stansiyaning to‘liq o‘chib qolishiga va avariyaviy sovutish tizimlarining ishdan chiqishiga olib kelgan.

Natijada energiya bloklari reaktorlarida yadro yoqilg‘isining erishi, bug‘-sirkoniy reaksiyasi natijasida vodorod to‘planishi va energiya bloklarida xavfli portlovchi moddalarning portlashi sodir bo‘lgan. Atrof-muhitga asosan uchuvchi radioaktiv elementlar: yod va seziy izotoplari tarqaladi va ularning hajmi Chernobil AESda yuz bergan fojia vaqtidagi chiqindilarning 20 foizini tashkil etgan. Birorta ham o‘tkir nurlanish holati qayd etilmaganiga qaramasdan, uzoq muddatli nurlanish sabab favqulodda vaziyatlar xodimlari orasida onkologik kasallikka chalinish xavfi oshib boradi. Yaponiya hukumati bunday kasalliklarning bir nechta holatlarini tasdiqlagan va ulardan biri 2018-yilda bir kishining o‘limiga olib kelgan. Zararlangan hududlardan ja’mi 164 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Shifoxonalardan evakuatsiya qilish chog‘ida 50 nafar og‘ir holdagi bemorlarga tibbiy yordam vaqtida ko‘rsatilmagani sababli vafot etgan.

Bugungi kunda qaysi davlatlarda AESlar mavjud?

Dunyo davlatlarining ayrimlari AESlardan voz kechayotgan bo‘lsa, ayrimlarida yana qurilyapti. Tabiiyki, urbanizatsiya darajasi rivojlangandan keyin odamlarning ham elektr energiyasiga bo‘lgan talabi ortib boradi va AESlar IESlarga nisbatan ekologiyaga ham jiddiy ta’sir qilmaydi. Shu jihatdan olib qaraganda dunyo atom elektr stansiyalaridan voz kecholmaydi. Xususan, Yevropa ittifoqi hamda AQSh AESlarni qaytadan qurishni ko‘rib chiqyapti. Sababi, qurilgan stansiyalarning ham yaroqlilik muddati bo‘ladi va shu muddatdan so‘ng, ular eskirishni boshlaydi. Bundan tashqari, dunyoning yetakchi mamlakatlari bo‘lgan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tayvanda ham qator AESlar qurilgan. Eng e’tiborlisi shundaki, yuqoridagi mamlakatlarda AESlar bloki sunami tufayli xavflilik darajasi bo‘yicha jahonda yuqori o‘rinlarda turadi. Vaholanki, ular yana qurishda davom etmoqda. Bundan tashqari, AQSh va Eronda ham AESlar mavjud. Ta’kidlash joiz AESlar iqtisodiyoti va raqamli texnologiyalari rivojlangan davlatlarda elektr energiyasiga kuchli talablar bo‘lgani uchun ham quriladi.

Xo‘sh, Jizzaxdagi stansiyani nega aynan Rossiya quryapti?

Ayrim ekspertlarning fikricha, Rossiya tomonining mazkur loyihani tezlashtirishdagi qistovi bevosita iqtisodiyotga bog‘liq. Ya’ni, Rossiya-Ukraina urushi boshlangandan keyin, mamlakatning harbiy xarajatlari sezilarli darajada oshib ketdi. Byudjetinig yagona tayanchlaridan biri bo‘lgan neft va gaz inqirozi bunga qo‘shimcha bo‘lgandan keyin Rossiya ko‘plab mamlakatlarga AES qurib berishni birinchi bo‘lib taklif qilmoqda. Chunki bu juda katta iqtisodiy foyda beradi.

1960-yillarda Atom elektr stansiyalarini qurish rivojlanishni boshlagan paytda dastlab Buyuk Britaniya, AQSh va sobiq SSSR qura boshlagan. Keyinchalik bu guruhga Kanada, Fransiya va Yaponiya qo‘shiladi. Xo‘sh, bugungi kunda qaysi mamlakatlar AES qura oladi? Bular: Xitoy, Janubiy Koreya, Fransiya va Rossiya. Avvalroq, Fransiya Finlyandiyaga 3 milliard dollarga qurib qurishini aytgan AES 15 milliard dollarga tushadi. 5 yilda qurilishini aytgan stansiya 18 yilda bitgan. “Rosatom” esa buguni kungacha birorta ham obyektida narxini ham vaqtini ham o‘zgartirmagani ta’kidlanadi. Lekin ruslarning Belarusda qurgan AESi biroz muddatga cho‘zilgan. Shuning uchun ham mutaxassislar hozirda kompleks qurish bo‘yicha “Rosatom” yetakchi ekanligini aytmoqda. Chunki AESlarning qurilishi turlicha bo‘ladi. Ba’zilarida bitta energiya blokni boshqa davlat qurib beradi qolgan qismini esa boshqa mamlakat. Bundan tashqari, 16 yildan buyon quruvchi mamlakatlar, jumladan, Yaponiya Atom energiyasi tadqiqoti uchun mablag‘ ajratmagan va izlanishlar olib bormagan. Rossiya esa bu sohaga pul ajratadi va buni rivojlantiradi. Shuningdek, AESlarning katta qismi 60 yil faoliyat olib boradi. Lekin Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlarda yondashuv ham ichki reaksiyalar ham har xil. Shuni inobatga olgan holda “Rosatom” bularning eng kuchlisi bo‘lib, barcha jihatlarga e’tibor beradi. Ya’ni, ekologik jihatdan ham, xavfzlik nuqtayi nazardan ham, qurilish va moliyaviy jihatdan ham eng zo‘rlaridan biri ekanligini aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga 11 milliard dollarga tushishi aytilayotgan kam quvvatli atom elektr stansiyasining birinchi reaktorini 5 yildan keyin ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha Jizzax viloyatining Forish tumani Tuzkon ko‘li yaqinidagi dastlab yirik atom elektr stansiyasini joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan avval tasdiqlangan maydonda amalga oshirilishi kutilmoqda. Kichik AESning birinchi reaktori quvvatini ishga tushirish joriy yilning yozida boshlanishi kerak bo‘lgan ustuvor ishlar tugaganidan 60 oy (5 yil) o‘tib amalga oshiriladi.

Har bir keyingi reaktor olti oy ichida ishga tushiriladi. Oltita reaktorli kichik AESning to‘liq ishga tushirilishi 2032-yil yoki undan keyinga reja qilingan.


Tayyorladi: Ilyos Boltayev


O‘zbekiston


														
														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!