$
11790.79 UZS
12.34
₽
137.78 UZS
-0.57
€
13285.86 UZS
86.93
31° Kechasi 18°

Jurnalistika universitetida talabani kaltaklagan xodim ishdan olindi, yana ikki kishiga hayfsan berildi

19:50 / 10.09.2022

2022-yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Odob-axloq komissiyasining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Mazkur yigʻilishda joriy yilning 9-sentyabr kuni universitet talabasi J.Mahmudov hamda universitet xodimlari U.Rustamov, X.Mirzayev, F.Ochilovlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan kelishmovchilik holati koʻrib chiqilgan.

Oʻrganishga koʻra, universitet xodimi X.Mirzayev talaba bilan oʻzaro qoʻpol muomala sababli shaxsiy tortishuvga borganligi maʼlum boʻldi. Vaziyat universitet profilaktika noziri H.Sodiqov tomonidan oʻrganib chiqilgan va shu kunning oʻzida tomonlar yarashuvi qarori qabul qilinib, masalaga yechim berilganligi aniqlangan.

Biroq, yarashuv qarori qabul qilinganiga qaramay, universitet ichki mehnat tartibi qoidalari buzilganligi yuzasidan chora koʻrilishi lozim deb topilgan.

Mavzuga doir: Jurnalistika universitetida talaba rektorga salom bermaganlikda ayblanib kaltaklangani aytilmoqda (audio)

Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo chorasi yaʼni, oʻz vakolati doirasidan tashqariga chiqqanligi sababli X.Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Boshqa xodimlar U.Rustamov va F.Ochilovga nisbatan hayfsan intizomiy chorasini qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilingan.

Shuningdek, Universitet rahbariyatiga oʻz vaqtida xabar bermaganligi sababli profilaktika noziri kapitan H.Sodiqovga nisbatan tegishli chora koʻrilishi uchun tuman Ichki ishlar organiga tavsiya yuborilgan.

“Shuni yana bir bora taʼkidlaymizki, Universitet maʼmuriyati ustoz-shogird anʼanalari, talabalar huquqini himoya qilish va jamoada oʻzaro hurmat kabi qadriyatlarga qatʼiy rioya qiladi”, – deyiladi rasmiy bayonotda.


Bu ham qiziq

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida raqamlashtirish va dual ta’lim rivojlantirilmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida raqamlashtirish va dual ta’lim rivojlantirilmoqda

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishildi. Hozirda oliygohda to‘rtta ta’lim yo‘nalishi bo‘…
09:38 / 06.10.2026
Fransiyada namoyishlar sabab 500 ga yaqin maktabda darslar to‘xtatiladi

Fransiyada namoyishlar sabab 500 ga yaqin maktabda darslar to‘xtatiladi

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari fonida 5-oktyabr kuni 400–500 ta maktabda darslar to‘liq yoki qisman to‘xtatiladi. Bu ha…
10:12 / 05.10.2026
Jizzaxda 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha gumondor o‘lik holda topildi

Jizzaxda 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha gumondor o‘lik holda topildi

Jizzax viloyatida 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish bo‘yi…
12:03 / 06.10.2026
Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga berdi. D…
12:02 / 05.10.2026
O‘zbekistonda bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutiladi

O‘zbekistonda bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutiladi

6-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublika hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz…
17:35 / 05.10.2026
Bog‘chadan oliy ta’limgacha yagona ta’lim tizimi joriy etiladi

Bog‘chadan oliy ta’limgacha yagona ta’lim tizimi joriy etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini Ta’lim va ilm-fan vazirligi sif…
10:05 / 05.10.2026
Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshi shahrida 97 nafar soliq to‘lovchidan soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olingan 122,6 million so‘m mablag‘ ular…
12:14 / 05.10.2026
Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 2026-yil 5-oktabrdagi hukmiga ko‘ra, “Sirojiddin media” MChJ rahbari Adil…
16:24 / 05.10.2026
Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

5-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot q…
12:17 / 05.10.2026
Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!