Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quvvatlarini esa 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida ma’lum qilindi.
Şuningdek, qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini 25 gigavattga yetkaziş va ularning mamlakat elektr energiyasi işlab çiqarişidagi uluşini 54 foizga oşiriş közda tutilgan.
Jizzax viloyatida taşkil etilayotgan Atom sanoati maxsus sanoat zonasida 15 ta yönaliş böyiça mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan. Uşbu mahsulotlar Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarida quriladigan atom elektr stansiyalari ehtiyojlari uçun ham yetkazib beriladi.
Yiğilişda Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiya kompaniyalarini toğ-kon sanoati, mineral resurslarni çuqur qayta işlaş va yaşil energetika sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga taklif qildi.
Hamkorlikning yana bir ustuvor yönalişi elektrotexnika sanoati etib belgilandi. 2030-yilga qadar uşbu tarmoq eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş va 11,6 milliard dollar investitsiya jalb qiliş maqsad qilingan.
Turkiya kompaniyalariga misni çuqur qayta işlaş, elektronika, transformatorlar, maişiy texnika va elektr uskunalari işlab çiqariş böyiça özbekistonlik korxonalar bilan qöşma loyihalarni yölga qöyiş taklif etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!