$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

“Jurnalistlarimiz uyg‘onadigan payt keldi” – Olimjon O‘sarov

19:16 / 27.05.2022

Assalomu alaykum aziz “Xabardor interview” dasturining kuzatuvchilari va ayni damda ushbu suhbatimizni tomosha qilayotgan vatandoshlar. Loyihamiz davomidagi intervyularimiz davom etadi. Bugungi suhbatdoshimiz jurnalist, huquqshunos, Filologiya fanlari nomzodi, Oliy Majlis deputati va O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov.

- Olimjon aka yana bir bor Assalomu alaykum. Sizni dasturimizda xush ko‘rdik. Biz uchun vaqt ajratganingiz uchun katta rahmat. Qarshi bo‘lmasangiz suhbatimizni an‘anaviy savolimiz bilan boshlasak. Olimjon O‘sarov o‘zi kim?

- Men qishloqning tuproq yo‘llarida bollar bilan o‘ynab katta bo‘lgan odamman. Lekin shu qishloqdan chiqqan birinchi journalist, yurist, olim va birinchi deputat sifatida ota-onamizni xursand qilamiz deb harakat qilganmiz. Men uzoq vaqt ikki kasb orasida yurdim, goh jurnalistika va goh huquqsgunoslik. 10 yilga yaqin Oliy Sudda va yana shuncha vaqt Oliy Majlisda ham faoliyat yuritdim. Gazeta va jurnallarda bosh muxarrir sifatida ham ishladim. 2021-yil 4-iyun kunidan O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman.

- Bugungi kundagi jurnalistikaning ahamiyati qanday va umuman bu sohadagi so‘z erkinligini qanday baholaysiz?

- Bilasizmi bu savolga asosan 2 taraflama yondashish kerak. Birinchi nuqtai nazar: bugun O‘zbekistonda jurnalistikaga va so‘z erkinligiga to‘laqonli imkoniyat berildi. Ya‘ni siyosiy immunitet mavjud. Ikkinchi tomondan esa, “jurnalistlarimiz bu maydonda qanday faoliyat yurityapti” degan masala bor. Afsuski savolning ikkinchi jihatiga ijobiy javob bera olmaymiz. Chunki buni nafaqat jamoatchilik, xatto kasb vakillari ham ochiq tan olishmoqda. Ya‘ni berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanyapmiz deb ayta olmayman. 

- Siz raislikka saylanganingizdan so‘ng, nazarimda uyushmada qandaydir bir jonlanish sezildi. Nima deb o‘ylaysiz O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga nima uchun avvallari e‘tibor sust bo‘lgan?

- O‘tgan davrda nafaqat Jurnalistlar uyushmasiga, balki jurnalistlarning faoliyatiga ham to‘sqinliklar bo‘lgan. Jurnalist erkin ijod qila olmagan. Masalan, Jurnalistlar uyushmasiga 2000-yillarda a‘zolik to‘xtatilgan. 22 yil davomida a‘zolik bo‘lmagan. O‘tgan yili men raislikka saylanganimdan so‘ng, eng katta ishlarimdan biri Uyushmaga a‘zolikni tikladim. Bugungi kunga qadar 300 ga yaqin jurnalistni jamoamizga qo‘shdik.  

- Keling endi yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan video murojaatingiz yuzasidan ham bir to‘xtalib o‘tsangiz. Sizningcha jurnalistikada “vaziyat jiddiy”mi yoki yosh jurnalistlar(agar shunday atash mumkin bo‘lsa)ning “ishtaxasi karnay”mi?

- Bu yerda masalaning bir nechta jihatlari bor. Men video murojaatda ushbu mukofotni madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha komissiya a‘zosi sifatida shu yo‘nalishdagi ishlarni ko‘rdim va buy o‘nalishda jurnalistlar ham ish topshirishgan ekan. Mana shu topshirilgan ishlarda o‘sha yosh jurnalistlarimizni (bo‘lg‘usi jurnalistlar desak to‘g‘riroq bo‘lardi) o‘zlaridan “qahramon yasagan”lik holatini ko‘rdim. Va shu sohaga kirib kelayotgan jurnalistlarga “to‘xtang, orqangizga yoki o‘zingizga qarab oling” degan fikrni aytmoqchi bo‘ldim.

- Teleram’dagi kanalingizda “Yer yuzida hech bir qoida qotib qolgan dogma emas. Inchunun, muayyan mamlakatlarning Bosh qonuni, ya‘ni Konstitusiyasi – asrlar osha ham, bugun ham mudom o‘zgarishlarga yuz tutib turgan va bu hayotiy ehtiyoj hisoblanadi” deb yozipsiz. Nima uchun O‘zbekiston Konstitutsiyasi aynan hozir o‘zgartirish va takomillashtirishlarga muhtoj (bo‘lib qoldi) deb o‘ylaysiz?

- Biz “Yangi O‘zbekiston” degan ibora qo‘llaymiz. Ayniqsa jurnalistlar bunga tez ko‘nikdik. Buning mohiyati juda muhim. Bu faqat so‘z emas, bu yangicha hayot, yangicha turmush tarzi, yangicha hohish va istaklar, yangicha talab va majbiriyatlar demakdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasi Sobiq Ittifoqdan keyin, ya‘ni o‘ta avtoritar davlatdan keyingi mustaqillikka erishgan davlatning birinchi qomusi va unda juda ko‘p normalar davlat manfaati va davlatning kuchli irodasini aks ettiruvchi, davlatni kuchli “richag”ini ushlab turuvchi normalardan iborat bo‘lib qolgan edi. Ya‘ni bu yerda shaxs manfaati davlat manfaatidan ancha past. Zamonaviy davrda shaxs, davlat va jamiyat teng huquqli bo‘lishi kerak. Mana shu misolning o‘zi ham bugun O‘zbekiston Konstitutsiyasini yangi sharoitda yangilanishiga bitta asosdir.

Maroqli suhbat uchun katta rahmat ustoz Olimjon aka. Sizni dasturimizda yana bir bor xush ko‘rdik. Yana bir bor eslatib o‘taman bugungi suhbatdoshimiz jurnalist, huquqshunos, Filologiya fanlari nomzodi, Oliy Majlis deputati va O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov bo‘ldilar. Bizni kuzatishda davom eting va salomat bo‘ling. 

Olimjon Hasanov suhbatlashdi


Bu ham qiziq

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:36 / 12.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina O‘zbekistonning 3 ta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi

Ukraina uchta O‘zbekiston kompaniyasi va bir O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmonni prezident …
18:38 / 11.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!