Madridliklar murabbiyi La Liganing 33-turidan o‘rin olgan “Real” – “Osasuna” (3:1) uchrashuviga sarhisob qildi.
“Juda yaxshi o‘yin, ayniqsa ikkinchi bo‘limda. Hamma qattiq mehnat qildi. Endi Chempionlar ligasi yarim finaliga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir hafta vaqtimiz bor.
Karim penaltidan foydalana olmadi, ammo zarba bermagan odamgina o‘tkazib yubormaydi. Agar yana shunday qilish kerak bo‘lsa, u buni qilgan bo‘lar edi. Va keyingi safar buni amalga oshiradi. Penaltidan tashqari Karim ajoyib o‘yin o‘tkazdi.
Alabaning jarohati jiddiy ko‘rinmaydi, biz optimistmiz. Bu haddan tashqari zo‘riqish tufayli, shuning uchun uni almashtirishga qaror qildik”, – dedi “Real” bosh murabbiyi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!