Shahrixon tumanidagi Asaka avtoturargohida tashkil etilgan buyum bozori hududida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida soat 23:30 da FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 20 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 26-yanvar kuni soat 00:30 da o‘rab olingan va soat 01:53 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida taxminan 700-800 kv.m maydon yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan-jarohatini olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!