$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Kiberhujumlar: Internetdagi tahdidlar qanday rivojlanmoqda?

15:39 / 09.07.2024

Hozirda dunyoda hamma narsa raqamlashgan.Ya’ni, istalgan ma’lumotni elektron tarzda amalga oshirish mumkin. Bu odamlar uchun juda ham ko‘p qulayliklar yaratgan bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlari uning salbiy oqibatlari ham ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, ayni paytda kiberhujumlarga qarshi kurashish har qachongidan ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Kibernetika markazining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin uch yilda kiberjinoyatchilikdan ko‘rilgan global zarar yiliga 15 foizga o‘sib borgan holda, 2023-yilda 8 trillion AQSh dollarini, 2025-yilga borib esa 10,5 trillion AQSh dollarini tashkil etishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonda esa 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari hisoblanadi.

Internetdagi mazkur jinoyat turning keskin ko‘payib borayotganiga sabab esa fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarni begona insonlarga taqdim etishi, soxta havolalarga kirishi, taniqli shaxslar nomidan sun’iy intellektga asoslangan dasturlar yordamida audio va videoyozuvlarga ishonishi va hokazolardir. Aholini tez fursat ichida mo‘may pul topishga undovchi va yordam pullari ajratilishi kabi mazmundagi yolg‘onlar ham uchrab turadi. Qolaversa, internet tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinishidan banklar, to‘lov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy saytiga o‘xshash soxta veb-sahifalar va ularning nomi bilan ochilgan turli soxta kanallarning soni ham yuqorilab bormoqda. Shu sababdan hozirda kiberhujumlardan nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo davlatlari ham zarar ko‘rmoqda. Masalan, 2023-yilgi ma’lumotlarga qaraganda veb-resurslarga bo‘lgan kiberhujumlar boshqa davlatlarga nisbatan ko‘proq quyidagi davlatlarda sodir bo‘lgan:

- Niderlandiya - 759 502;
- AQSh - 696 671;
- Rossiya - 100 549;
- Germaniya - 58 375;
- Hindiston - 52 495;
- Xitoy - 51 667;
- Gruziya - 32 137;
- Litva -23 375;
- Finlyandiya - 21 958;
- Gonkong - 21 034.

Shuningdek, “Kasperskiy laboratoriyasi” 2023-yil va 2024-yilning birinchi choragi uchun MDH mamlakatlariga kiber tahdidlar bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Undagi ma’lumotlarga qaraganda hujumlarning asosiy qismi tojikistonlik foydalanuvchilarga (60,69 foiz) qilingan. Undan keyin Belarus (59,79 foiz), Turkmaniston (59,55 foiz) va O‘zbekiston (58,74 foiz) davlatlari hisoblanadi.

Bundan tashqari, hisobotda, tez-tez kiberhujumlarga duchor bo‘ladigan faoliyat sohalari ham aniqlangan. Birinchi uchlikka moliya (28 foiz), qurilish (24 foiz) va ishlab chiqarish (14 foiz) kirgan. Hisobot mualliflari, aksariyat mamlakatlarda hujumlar soni 2023-yil oxiriga kelib ko‘paygani, 2024-yil boshida esa keskin kamayganini ma’lum qilishgan.

Hozirda O‘zbekistonda internet orqali shu kabi koproq hodisalar sodir bo‘lmoqda. Chunki mamlakatda 2024-yilning dastlabki 5 oy davomida monitoring jarayonida davlat organlari va tashkilotlarning 60 ta veb-resurslarida 183 ta zaiflik va kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etilgan. Aniqlanishicha, ushbu vaqt mobaynida internet tarmog‘ining milliy segmentida joylashgan veb-saytlarga nisbatan 6 615 900 dan ortiq kiberhujumlar kuzatilgan. Shuningdek, “UZ” domen hududida joylashgan 74 ta veb-saytda kiberxavfsizlik hodisalari aniqlangan. Shulardan, 26 tasi davlat organlariga qolgan 48 tasi xususiy sektorga tegishlidir.

 

 

Kiberhujum hozirda O‘zbekiston fuqarolari uchun ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganligi sababli Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning 20-dekabr kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida IT sohasi rivojlangani sari kiberxavfsizlikni ta’minlash masalasining dolzarbligi oshayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, mamlakatda 50 ga yaqin to‘lov tizimi bo‘lib, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligini ma’lum qilgan. 2023-yilning noyabr oyida esa IT vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha Prezident qarori imzolangan.

Qolaversa, undan avval Markaziy bank ham ijtimoiy tarmoqlardagi soxta kanallar hamda veb-sahifalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirib, bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida regulyator quyidagilarni qayd etgan:

- e’lonlardagi har qanday aksiyalar, pul yutuqlari hamda boshqa takliflarni tashkilotlarning rasmiy veb-sahifasidan qayta tekshirish;

- saytning rasmiyligiga ishonch hosil qilmasdan ularga o‘z shaxsiy ma’lumotlarni kiritmaslik;

- ijtimoiy tarmoq hamda messenjerlarda tarqatilayotgan, aksiya va yutuqli lotereya o‘yinlari to‘g‘risidagi reklamalar keltirilgan havolalarni tekshirmasdan oldin ochmaslik;

- rasmiy emas havolalarni boshqalarga tarqatmaslik.

Umuman olganda zamon shiddat bilan rivojlanib borar ekan texnologiya va axborot kommunikatsiyasi ham ilgarilab boraveradi. Bunday paytda esa odamlar internetdan ehtiyotkorona tarzda foydalanish zarur.

Muallif Aygul Jienbaeva


Qiziqarli


														
														Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Yandex Alisa endi o‘zbekcha gaplashadi

Endi foydalanuvchilar Alisaga o‘zbek tilida savol berishlari mumkin va u ruscha yoki o‘zbekcha javob bera oladi.
09:45 / 24.09.2025

														
														Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025

														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

Bu ham qiziq

Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Biroq Vivekananda Yuvabharati Salt Lake Stadium arenasida futbolchining tijoriy safari doirasida o‘tkazilgan tadbir paytida …
13:58 / 14.12.2025
Surxondaryo va Namanganda korrupsion hamda firibgarlik holatlari fosh etildi

Surxondaryo va Namanganda korrupsion hamda firibgarlik holatlari fosh etildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Namangan bo‘linmasi Kosonsoy tumani yuriskonsulti mahalliy fuqarodan 2 …
09:31 / 14.12.2025
15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ing…
15:17 / 14.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025
Shifoxonalarda dorilarni qo‘llash bo‘yicha tekshiruvlar va protokollarni yangilash ishlari boshlandi

Shifoxonalarda dorilarni qo‘llash bo‘yicha tekshiruvlar va protokollarni yangilash ishlari boshlandi

Klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqish va xalqaro manbalar tomonidan samarasiz yoki yetarlicha o‘rganilmagan deb topilgan…
15:08 / 13.12.2025
Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Ramzan Qodirov hokimiyatdan to‘yganini aytib, ketishni inkor etmadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ChGTRK “Grozniy” telekanalida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir davomida hokimiyatda…
09:38 / 15.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyu…
11:54 / 14.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!