Rossiya va Ukraina oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar sodir boʻlayotgan bir vaqtda kino olamida prezident Volodimir Zelenskiy bosh rolni ijro etgan “Xalq xizmatchisi” serialiga boʻlgan qiziqish keskin oshib ketdi. Zelenskiy ushbu serialda siyosiy faoliyatini boshlamasidan avval suratga tushgan.
Xorijning bir nechta telekanallari 2015 yilda taqdim etilgan serialni namoyish etish huquqini birin-ketin sotib olishni boshlaganlar. Yaqin Sharqning MBC, Gretsiyaning ANT 1, Ruminiyaning PRO TV va Britaniyaning Channel 4 kanallari serialni efirga uzatish huquqini allaqachon qoʻlga kiritishgan. Ayni vaqtda yana bir qator mamlakatlarning telekompaniyalari bilan ham shartnomalar imzolashga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
“Bu yetarlicha eski shou. Ammo, vaziyatni hisobga olib, unga koʻpchilik qiziqa boshladi. Garchi Volodimir Zelenskiy va Ukraina xalqi toʻqnash kelgan haqiqiy ssenariy ushbu komediyadagiga nisbatan ayanchliroq boʻlsa ham, ikki vaziyat oʻrtasida oʻxshashliklar bor”, deydi Shvetsiyaning “Eccho Rights” mediakompaniyasi vakili Nikola Sederlund.
Maʼlumot uchun, Volodimir Zelenskiy bosh rolni ijro etgan “Xalq xizmatchisi” seriali tasodifan mamlakat prezidentiga aylanib qolgan oʻqituvchi hayoti haqida hikoya qiladi. Volodimir Zelenskiy prezidentlikka saylanguniga qadar komik aktyor, ssenariynavis va prodyuser sifatida mashhurlikka erishgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!