30-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi matbuot-klubi zalida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va bepul audiokitoblarning birinchi onlayn kutubxonasi — "Kitob Plus" loyihasining gibrid formatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Hozirda O‘zbekistonda 70 mingdan ortiq ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lib, ular har kuni axborotdan foydalanish va maxsus texnologiyalarning yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Taʼkidlanishicha, “Gapiruvchi” kitoblar – audiokitoblar - ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlar hayotida alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda audiokitoblar bozori bosqichma-bosqich rivojlana boshlaganiga va audiokitoblarni tinglash uchun turli mobil ilovalar ishlab chiqilayotganiga qaramay, mavjud audiokitob platformalari qimmatligi va ko‘zi ojizlar ehtiyojlariga moslashtirilmaganligi sababli ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor ko‘plab odamlar uchun ulardan foydalanishga turli xil to‘siqlar bor.
Shu paytgacha ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun audiokitoblarni ochiq va qulay formatlarda birlashtirgan yagona onlayn platforma mavjud emas edi.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistondagi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor shaxslar uchun barcha audiokitoblar, radio spektakllar va boshqa audio materiallarni bir joyda jamlaydigan, qulay va bepul veb-sayt va uning "Kitob Plus" mobil ilovasini yaratishdan iborat.
Loyihaning dastlabki bosqichlarida bugungi kunda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kamida 500 ta audio kitob va 300 ta radio spektakl taqdim etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!