$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Kun tarixi: Motosikl ixtiro qilingan, Oyga ilk bor lunoxod tushirilgan, Ennio Morrikone dunyoga kelgan kun

15:04 / 10.11.2021

Bugun dunyoning turli mamlakatlarida Xalqaro buxgalteriya va Xalqaro ilm-fan kuni nishonlanadi. Aynan mana shu kuni tarixdagi ilk motosikl ixtiro qilingan, mustaqil harakatlanuvchi birinchi lunoxod Oy yuzasida harakatlanishni boshlagan.

Xalqaro buxgalteriya kuni sifatida 10-noyabr sanasining tanlab olingani bejizga emas. 1494-yilning aynan mana shu kunida italiyalik matematik Luki Pacholining “Arifmetika, geometriya va proporsiyalar haqida batafsil” kitobi nashr qilingan. Mazkur kitobdagi boʻlimlardan biri buxgalteriya hisoblari hamda tamoyillariga bagʻishlangan edi. Shu sababli ham Pacholi zamonaviy buxgalteriyaning asoschilaridan biri hisoblanadi, kitob nashr qilingan sana esa bayram sifatida nishonlanadi.

10-noyabr sanasi Xalqaro ilm-fan kuni sifatida ham nishonlab kelinadi. Mazkur sanani bayram deb eʼlon qilish 1999-yilda Budapeshtda oʻtkazilgan Xalqaro ilm-fan konferensiyasi delegatlari tomonidan taklif qilingan.

1885-yili muhandislar Gotlib Daymler va Vilgelm Maybax toʻrt gʻildirakli yogʻoch velosipedga dvigatel oʻrnatishadi. Noodatiy konstruksiya Nekkar daryosi sohilida soatiga 12 kilometr tezlik bilan harakatlangan. Shu tariqa dunyodagi ilk motosikl ixtiro qilingan.

1970-yili sobiq ittifoq kosmosga “Luna-17” stansiyasini chiqaradi. U Oy yuzasiga qoʻnadi va aynan mana shu kuni tarixdagi mustaqil harakat qiluvchi birinchi apparat – “Lunoxod-1” Oyda harakatlana boshlaydi. Yerdan turib boshqarilgan apparat 11 oy davomida Oy yuzasida sayohatda boʻlgan.

1928-yilning 10-noyabr sanasida taniqli italyan bastakori Ennio Morrikone dunyoga kelgan. U filmlar uchun yozilgan saundtreklari muallifi sifatida uch marta “Oltin globus” mukofotini qoʻlga kiritgan, ikki marta “Oskar” mukofotiga munosib koʻrilgan, besh marta BAFTA mukofoti bilan taqdirlangan.

 


Qiziqarli


														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

														
														Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Hozircha yangi modelning narxi rasman e’lon qilinganicha yo‘q.
12:39 / 10.03.2024

Bu ham qiziq

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024
Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:29 / 25.04.2024
Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
14:16 / 25.04.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
Jahongir Otajonovning muxlislari challenj boshladi

Jahongir Otajonovning muxlislari challenj boshladi

Otajonov qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
15:27 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!