$
12603.52 UZS
25.31
160.94 UZS
0.63
14676.80 UZS
43.31
42° Kechasi 26°

Kun tarixi: Muhammad Ali va Jim Kerri haqida siz bilmagan haqiqatlar

10:24 / 17.01.2024

Hayot davom etar ekan, har kuni o‘lim va tug‘ilish dinamikasi davom etadi. Tarix esa xotiralarda muhrlanishni istagan insonlarni sahifalariga joylab qoladi. 17-yanvar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bu sanada dunyoga kelgan ikki mashhur shaxs hayoti haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni istadik. Ularning biri butun dunyoga kuchi, irodasi va odamiyligi bilan tanilgan hamda yengilmas, deb tan olingan bokschi Muhammad Ali. Shuningdek, bolaligidan qiyinchilikda o‘sib, hayotiy haqiqatlarni yumor ortiga yashirgan aktyor Jim Kerridir.

Velosiped o‘g‘rilarini tutish uchun bokschi bo‘lgan sportchi

Muhammad Ali zamonaviy boksning asoschisi hisoblanadi. U olib borgan janglar jangovar san’atning bir turi hisoblanadi. Uning “Kapalakdek uchib, aridek chaq” degan iborasi zamonamizning ko‘plab bokschilariga o‘rnak bo‘ldi. Muhammad Ali (tug‘ilgani Muhammad Ali; asl ismi Kassius Marselus Kley) 1942-yil 17-yanvarda Luisvilda (Kentukki, AQSh)da tug‘ilgan. 1964-yilda islom dinini qabul qilganida ismini o‘zgartirgan.

Uni boksga olib kelgan narsa velosipedini o‘g‘irlagan jinoyatchilardan o‘ch olish istagi bo‘lgan. Kassius bokschi bo‘lib yetishdi va tezda muvaffaqiyatlarga erishdi.

U 1960-yilda katta sportga keldi va darhol yengil vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi.

Shu paytdan boshlab sportchining zafarli yurishi boshlandi. U o‘tkazgan 31 ta professional janglar orasida 10 yil davomida birorta ham mag‘lubiyat bilmagan, jami umrida 61 ta jangdan bor-yo‘g‘i 5 tasida mag‘lub bo‘lgan. Muhammad Ali 1964-1974-yillarda professional og‘ir vazn toifalarida bir necha bor jahon chempioni bo‘lgan.

1999-yilda u “Asr sportchisi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Muhammad Ali 1981-yilda sportni tark etdi negaki u Parkinson kasalligiga uchragan edi.

U kasallik bilan kurashni o‘zining eng qiyin kurashi deb atadi. Boksni tark etgach, Muhammad Ali ijtimoiy va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullangan, UNICEFning ezgu niyat elchisi vazifasida ishlagan. Muhammad Ali 2016-yil 3-iyun kuni Skotsdeylda (Arizona, AQSh) vafot etdi.

Jim Kerri – kulgi ortidagi zahmat

Asil ismi Jeyms Eugene bo‘lgan Jim Kerri 1962-yil 17-yanvarda Kanadaning Nyumarket shahrida (Ontario) tug‘ilgan. Jim oiladagi uch farzandning eng kichigi edi. Ularning oilasi kambag‘al yashar edi, bolalar erta pul topish maqsadida yoshligidan ishlashga majbur bo‘lgan. Jim o‘ynashni, yuzini grim qilishni yaxshi ko‘rardi, ba’zi mashhurlarga taqlid qilishga harakat qilgan. Jim o‘n besh yoshida Yuk-Yuk klubida chiqish qila boshladi va to‘rt yildan so‘ng Los-Anjelesga borib komediya shoularida qatnasha boshladi.

Unga vaqti-vaqti bilan filmlarda kichik rollarda o‘ynash takliflari ham bo‘lgan, biroq ularda u o‘zining barcha iste’dodlarini to‘liq namoyon eta olmadi. Komediya aktyori sifatida u ilk bor 1994-yilda “Uy hayvonlari detektivi” filmida rol ijro etdi. Film ssenariysi ham Jim tomonidan yozilgan. Film tomoshabinlar orasida katta muvaffaqiyat qozondi va Jim Kerri bir kechada mashhur bo‘ldi. Shundan so‘ng, Kerri yana bir qancha muvaffaqiyatli filmlarda rol o‘ynadi: “Niqob”, “Kabelchi”, “Yolg‘onchi”, “Bryus Qodir”, “Beg‘uborlik aqlning abadiy quyoshi”, “33 baxtsizlik”, “Janob Popperning pingvinlari”.

Aktyorning komedik rollari orasida butun dunyo tomosha qiladigan sug‘urta agentining hayoti haqidagi “Trumen shousi” tragediyasidagi roli alohida ajralib turadi. Lekin uning o‘zi ham nimadir noto‘g‘ri ekanligiga darhol shubha qila boshlamaydi.

2008-yilda Jim “Xorton” multfilmi dublyajida o‘zini sinab ko‘rdi. Shuningdek, hozirda turli teleko‘rsatuvlarda qatnashib, turli televizion loyihalarda vokalchi sifatida ishtirok etadi. Bugungi kunda Jim Kerri ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentlikka nomzodlikdan chetlatilgan Kalin Georgesku tarafdorlari bir nechta shaharlarda tartibsizliklar uyushtirishda d…
22:56 / 20.07.2025
Jurnalist Anora Sodiqova va bloger Mirsaid Haydarov ishi yakunlandi

Jurnalist Anora Sodiqova va bloger Mirsaid Haydarov ishi yakunlandi

Jurnalistni haqorat qilgan bloger 25 million ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi.
11:48 / 21.07.2025
Moldova mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri

Moldova mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat o‘rtachadan ham yuqori natijaga ega
19:21 / 21.07.2025
“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” – Feruza Muhamedjonova

“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” – Feruza Muhamedjonova

Milliy tiklanish partiyasi raisi o‘rinbosari pivo festivaliga o‘zining keskin munosabatini bildirdi.
14:37 / 21.07.2025
Ukraina va Rossiya Turkiyada tinchlik muzokaralarini o‘tkazadi

Ukraina va Rossiya Turkiyada tinchlik muzokaralarini o‘tkazadi

Anadolu’ning xabariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 23-iyul kuni Turkiyada Kiyev va Moskva o‘rtasida tinchlik…
09:41 / 22.07.2025
Namanganda mast erkak oila a’zolariga pichoq bilan tahdid qildi

Namanganda mast erkak oila a’zolariga pichoq bilan tahdid qildi

Hozirda fuqaro A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 183, 185 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib…
17:44 / 21.07.2025
Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan Captiva ushlandi

Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan Captiva ushlandi

Haydovchi 129 ta qoidabuzarlik uchun 54 million so‘m jarima to‘lashi kerak bo‘lgan.
10:42 / 22.07.2025
Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:25 / 21.07.2025
O‘zbekistonda issiq havo hafta davomida saqlanib turadi

O‘zbekistonda issiq havo hafta davomida saqlanib turadi

“O‘zgidromet” 21—25-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
09:31 / 22.07.2025
Isroil falastinliklardan G‘azoni tark etishni talab qilmoqda

Isroil falastinliklardan G‘azoni tark etishni talab qilmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil G‘azo sektori markazida quruqlik va havodan yangi amaliyot boshlagan.
10:09 / 22.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!