$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Kutilmagan yurish: “Apple” kino sanoatiga kirib kelmoqda

06:47 / 25.03.2023

“Apple” kompaniyasi kinoteatrlarda filmlar namoyish etish rejalashtirmoqda va buning uchun yiliga 1 milliard dollar sarflashga tayyor. Kompaniya allaqachon hamkorlik taklifi bilan kinostudiyalarga murojaat qilgan va 2023-yil oxirigacha bir nechta filmlarni ekranga chiqarish niyatida. Mashhur brendning kelgusi relizlari orasida Martin Skorsezening “Gul oy qotillari”, Metyu Vonning “Argil” josuslik trilleri va Ridli Skottning “Napoleon” dramasi bor.

“Apple”ning avvalgi asl filmlarining aksariyati uning striming xizmati uchun eksklyuziv bo‘lgan yoki faqat cheklangan kinoteatrlarda chiqarilgan. Endi “Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya o‘z filmlarini kamida bir oy davomida dunyoning minglab kinoteatrlarida namoyish etish niyatida.

Kompaniya kinoteatrlarda bunday hajmda filmlarni chiqarish tajribasiga ega emas, shuning uchun u uchinchi tomon distribyutorlariga murojaat qilgan, deya yozmoqda xorijiy nashrlar. Biroq, uning rejalari pandemiyadan xalos bo‘lish uchun kurashayotgan kino sanoati tarmoqlarini kuchaytiradi.

Chiptalar sotuvi 2019-yil darajasidan uchdan bir qismi pastligicha qolmoqda va AQSHning ikkita eng yirik kinoteatrlar tarmog‘i moliyaviy ahvoli og‘ir: “AMC Entertainment Holdings” aksiyalarni sotish orqali pul yig‘ishga harakat qilmoqda va uning asosiy raqibi “Cineworld Group” o‘tgan yili bankrotlik e’lon qilgan edi.

“Apple”dan tashqari, “Amazon” kompaniyasi ham ko‘ngilochar industriyaga investisiyalar kiritishni kuchaytirmoqda. Kompaniya o‘tgan yili “Metro-Goldwyn-Mayer Studios”ni 8,5 milliard dollarga sotib oldi va yiliga 12-15 ta film chiqarishni maqsad qilgan.


Bu ham qiziq

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:36 / 12.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikda…
19:18 / 12.05.2025
Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Mas’ud Pezeshkiyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respubl…
20:32 / 12.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi…
12:28 / 13.05.2025
“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!