Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi finalchisi nomi aniq bo‘ldi. Manchester shahridagi “Etihad” stadionida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi bor musobaqa finaliga yo‘l oldi.
O‘yinning 23-daqiqasida Bernardu Silva “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 14 daqiqa o‘tib dublni rasmiylashtirdi. 73-daqiqada Eder Militaoning avtogolidan so‘ng hisob yirik ko‘rinishga keldi va uchrashuv yakunlanayotgan bir paytda Jrling Xolland o‘rniga maydonga tushgan Xulian Alvares raqib darvozasiga to‘rtinchi golni kiritdi.
Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgandi. Shu tariqa, “shaharliklar” o‘z tarixida ikkinchi bor YeChL finaliga yo‘l oldi. Bunga qadar 2020-2021-yilgi mavsumda ham Gvardiola jamoasi qit’aning eng nufuzli turnirining hal qiluvchi pallasiga qadar yetib borgan va yakunda “Chelsi”ga imkoniyatni boy bergan edi – 0:1.
Eslatib o‘tish mumkin, joriy mavsum YeChL finalida “Manchester Siti” va “Inter” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!