Joriy yil mart oyida respublikaga sovuq va nam havo oqimining kirib kelishi oqibatida haroratning keskin pasayishi hamda yog‘ingarchilik ko‘p kuzatildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan noqulay ob-havo sharoitining taʼsiriga oid dastlabki o‘rganish natijalari maʼlum bo‘ldi. Ularga ko‘ra sovuq havo va yog‘ingarchiliklar ayrim hududlarda mevali bog‘larning kurtak novdalariga qisman salbiy taʼsir ko‘rsatgan. Mamlakatimizdagi uzumzorlar, ertaki ekilgan kartoshka va sabzavot ekinlariga esa sovuq taʼsir etmaganligi aniqlandi.
Viloyatlar kesimida:
– Farg‘ona vodiysida o‘rikning ertapishar navlari Andijon viloyatida 19 foiz, Namanganda 10 foiz va Farg‘onada 18 foiz, gilosning ertapishar navlari Namanganda 2,4 foiz, bodomning ertapishar navlari Andijonda 17 foiz, Namanganda 19 foiz va Farg‘onada 23 foiz;
– Janubiy hududlarda, xususan Qashqadaryo viloyatida gilosning ertapishar navlari 9 foiz, shaftolining ertapishar navlari 9 foiz, olxo‘rining ertapishar navlari 15 foiz, bodomning ertapishar navlari 18 foiz;
– Markaziy hududlarda o‘rikning ertapishar navlari Buxoro viloyatida 6,7 foiz, Jizzaxda 17 foiz, Navoiyda 19 foiz, Samarqandda 10 foiz, Sirdaryoda 17 foiz va Toshkentda 10 foiz, gilosning ertapishar navlari Navoiyda 6,5 foiz va Toshkentda 2,4 foiz, shaftolining ertapishar navlari Navoiyda 8 foiz va Samarqandda 5 foiz, olxo‘rining ertapishar navlari Sirdaryoda 3 foiz hosilli maydonga nisbatan zararlanganligi aniqlangan.
Shimoliy hududlar Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Republikasida ushbu mevali daraxtlar zararlanmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!