$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Milliarderlar raqobati yohud Mask, Sukerberg, Geyts va Bezosning “bashoratlari”

00:56 / 06.01.2023

2021-yil oxirida turli nashrlarda Ilon Mask, Mark Sukerberg, Bill Geyts va boshqa milliarderlarning kelgusi yil uchun prognozlarini e’lon qilingan edi. Ushbu maqolada ular tomonidan ilgari surilgan fikrlarning qaysilari amalga oshgani haqida fikr yuritamiz.

Ilon Mask – birinchi mahalliy odamsimon robot

Tesla rahbari va SpaceX asoschisi Ilon Mask 2021-yilda odamsimon robot loyihasini taqdim etdi va uning prototipi 2022-yilda chiqarilishiga va’da berdi va shunday bo‘ldi ham. Mask 2022-yilning 30-oktyabr kuni – Tesla’ning sun’iy intellekt kunida ikkita “Optimus” odamsimon robotlarini namoyish etdi.

Birinchi prototip tashqi qobiqsiz namoyish etildi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu “Optimus” birinchi marta yordamsiz harakatlangan. Unda Tesla avtomobillari kabi kameralar, sensorlar va kompyuterlar mavjud. Taqdimot davomida ular robot turli vazifalarni bajargan videoni ham namoyish qilishdi: qutilarni taxlash, gullarni sug‘orish, metallarni joyidan siljitish va hokazo. Taxminlarga ko‘ra, “Optimus” kelajakda fabrikalarda ishlay oladi va uy ishlarida yordam bera oladi.

Ikkinchi model litiy-ion batareyalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular to‘liq quvvatlanganda robotni butun kun davomida energiya bilan ta’minlay oladi.

Tesla Model Y’ning bozordagi yetakchiligi

2021-yilda Mask Tesla Model Y kelasi yilda dunyodagi eng ko‘p sotiladigan elektromobil bo‘lishini bashorat qilgan edi. Natijada, 2022-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Tesla Model Y AQSH va Yevropada eng ko‘p sotilgan elektrokarga aylandi. Hammasi bo‘lib, AQSHda 191,4 mingta, Yevropada 83,6 mingta avtomobil sotilgan.

Mark Sukerberg – Metaverse uchun yangi VR-shlemi

Mark Sukerberg 2021-yilda yangi Project Cambria VR-shlemlarni namoyish qildi va Meta kompaniyasi ularni 2022-yilga kelib ommaviy ishlab chiqarishi ta’kidlangan edi.

2022-yilning iyun oyida Sukerberg ularning birinchi namunasini ko‘rsatdi va oktyabr oyida ular yangi nom bilan sotuvga chiqarildi – Meta Quest Pro. Qurilmaning narxi 1,5 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Meta Quest Pro yangilangan prosessorga ega bo‘lib, u avvalgi Meta Quest 2 modeliga nisbatan ish faoliyatini 50 foizga yaxshilangan. Bundan tashqari, yangi ekranlar ranglarni yanada to‘yingan va effektlarga boy tarzda namoyon qiladi. Foydalanuvchilar eshitish vositasi yordamida Metaverse avatarining yuz ifodalari, imo-ishoralari va ovozi, shuningdek, raqamli elementlarni boshqarishi mumkin.

Garvard universiteti qoshidagi institut

2021-yilda Sukerberg kelgusi yili Garvard universitetida tabiiy va sun’iy intellektni o‘rganish bo‘yicha Kempner institutini ochishga va’da berdi. Biroq institut 2022-yilda emas, balki 2021-yil dekabr oyidayoq faoliyat yurita boshladi.

Tashkilotning bir nechta asosiy yo‘nalishlari mavjud:

tabiiy intellektni o‘rganish;
institut talabalariga hisoblash nazariyalari, sun’iy intellekt, mashina o‘rganish ishlari, nevrologiya va kognitiv fanlarni o‘rgatish;
sun’iy intellekt sohasidagi nazariy yutuqlarni amaliyotda qo‘llash;
miya qanday ishlashini o‘rganish.

Bill Geyts – Metaverse rivojlanishi

2022-yilda Geyts Metaverse rivojlanishini bashorat qildi. 2022-yilda Microsoft Mesh tizimi va Meta VR-shlemlarini Microsoft Teams xizmati bilan integrasiya qilish uchun Meta kompaniyasi bilan hamkorlik qilishini e’lon qildi. Mesh bu xonadagi barcha foydalanuvchilar uchun internetga uzluksiz kirishni ta’minlaydigan Wi-Fi tizimi.

Mesh’ning joriy etilishi MC Teams foydalanuvchilari hamkasblari bilan deyarli har qanday qurilma yordamida oson uchrashishlari uchun yanada mustahkam tarmoqni ta’minlaydi, VR-shlem esa mavjudlik illyuziyasini yaratadi va Metaverse’da “yuzma-yuz muloqot” imkonini beradi.

Jeff Bezos – muntazam tijoriy kosmik parvozlar

2021-yilning iyul oyida amerikalik biznesmen Jeff Bezos akasi Mark, FAAning (Federal aviasiya adminstrasiyasi) birinchi ayol inspektori Uolli Funk va 18 yoshli Oliver Damen bilan birgalikda koinotga uchdi. Bezosning aytishicha, 2022-yilda uning Blue Origin kompaniyasi muntazam ravishda sayyohlarni koinotga jo‘natish bilan shug‘ullanishi kerak edi, ya’ni kosmik turizm rivojlanishi yo‘lidagi inqilob.

2022-yilda tijorat reyslari uch marta amalga oshirildi: 31-mart, 4-iyun va 4-avgust. Barcha holatlarda olti nafar sayyoh bo‘lgan. Kosmik turistlar “New Shepard” kemasida uchgan va ularning sayohati 10-11 daqiqa davom etgan.


Bu ham qiziq

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026
Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi dala maydonlarida anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimliklar qoldiqlariga öt qö…
10:08 / 02.11.2026
31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda har yili kamida 30 ming nafar mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Bunin…
12:21 / 02.11.2026
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 2026-yil davomida Özbekistonga 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Biroq hozirgaça atigi 2 m…
12:07 / 02.11.2026
“Imarat Development” MÇJga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

“Imarat Development” MÇJga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

Ma’lum bölişiça, MÇJga Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining…
09:39 / 02.11.2026
Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

30-oktyabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik i…
12:30 / 02.11.2026
Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltakla…
10:58 / 30.10.2026
V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!