$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Mirziyoyev Aliyevni 61 yoshga kirgani bilan tabrikladi

16:48 / 24.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident saytida xabar berildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Ozarbayjon yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar, qardosh Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

"Xususan, yil boshidan tovar ayirboshlash 50 foizga oshdi. Turli yo‘nalishlarda, shu jumladan energetika sohasida, avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish, paxta-to‘qimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil etish, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.",– deyiladi xabarda.

Shuningdek, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma investitsiya fondi tashkil etilmoqda.

Davlat rahbarlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo shartnomalari va uzoq muddatli investitsiya bitimlarining portfelini kengaytirish muhimligini qayd etdilar.

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi hamkorlik loyihalarining amalga oshirilishini tezlashtirish choralarini kelishish uchun Boku shahrida bo‘lib turgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan.


Bu ham qiziq

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qamchiq dovonida mashina kabinasiga qisilib qolgan yo‘lovchi qutqarildi

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqarolar qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan, s…
16:18 / 12.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025
Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyundan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalash yo‘lga qo‘yilgan.
13:25 / 13.05.2025
Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazi…
21:37 / 12.05.2025
Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi viloyat rahbariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy xatt…
19:53 / 11.05.2025
13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:36 / 12.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!