Prezident o‘z nutqida yuksak ishonchga sazovor bo‘lib, Senat a’zosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi. Senatorlar Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqi uchun tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot yaratish yo‘lida bor bilim va tajribasini, kuch va salohiyatini ishga solishiga umid bildirdi.
Saylovlar natijasida beshinchi chaqiriq Senatning tarkibi sifat jihatidan yuqori darajada – ko‘plab yetakchi soha va tarmoqlar vakillari, taniqli siyosat, iqtisodiyot, ilm-fan va madaniyat namoyandalaridan iborat bo‘lib shakllangani ta’kidlandi.
Senatorlarning har 3 nafaridan biri ilmiy darajaga ega. Qariyb 27 foizi yoki 16 nafari xotin-qizlar ekani oila, onalik va bolalik, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, umuman, ijtimoiy masalalar bo‘yicha qonunchilik faoliyati hamda parlament nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, prezident nutqi davomida yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ulug‘vor vazifalarni amalga oshirishda yuqori palataning avvalgi tarkibi munosib hissa qo‘shganini aytdi.
Ayniqsa, ayollar huquqlarini ishonchli ta’minlash, xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalarida Senat alohida faollik ko‘rsatgan.
Parlamentning xalqaro maydondagi nufuzi ham sezilarli darajada oshgan. O‘tgan davrda xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo do‘stlik guruhlari soni 26 tadan 73 taga ortgan.
Senat Osiyo xotin-qizlar forumi, Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlararo forumi kabi yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi. Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi, ya’ni yubiley anjumani kelgusi yili poytaxtda o‘tkazilishi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!