$
11979.64 UZS
-41.58
167.52 UZS
-2.01
13901.17 UZS
-77.1
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev Qarshida yangidan bunyod etilgan Qozonxonani borib ko‘rdi

23:10 / 24.10.2023

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Kommunal tarmoqlar qayta ko‘rib chiqilib, issiqlik korxonalari modernizatsiya qilinmoqda.  

 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan markaziy qozonxonasini borib ko‘rdi.

Ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon o‘rnatildi. Buning evaziga yiliga 1,7 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratildi.

Markaz qurilishi jarayonida hududga olti kilometr qoplamali quvur tortildi. Issiqlik tarmoqlari yopiq tizimga o‘tkazildi va yo‘qotishlardan himoya qilindi.

Ushbu majmuaning foydalanishga topshirilishi 38 ta ko‘p qavatli uydagi bir yarim mingdan ziyod xonadon hamda uchta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik bilan ta’minlaydi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga qishga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarib, energiya va issiqlik ta’minoti barqaror qilish, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu majmua joylashgan Navo mahallasini ham ko‘zdan kechirib o‘tdi.


Bu ham qiziq

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi…
14:45 / 22.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatla…
07:22 / 22.05.2026
Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada media sohasi rivojiga bag‘ishlangan yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada mingga yaqin ishtirokchini jamlagan Media forum tashkil etild
10:06 / 24.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar …
02:13 / 24.05.2026
Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026
“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

“Ochiq muloqot 2026”: Muammolaringizda birgalikda yechim topamiz!

Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmo…
17:44 / 23.05.2026
Gvardiola “Siti”dan ketmoqda

Gvardiola “Siti”dan ketmoqda

Pep Gvardiola 10 yillik faoliyatidan so‘ng, rasman “Manchester Siti” bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi.
17:29 / 22.05.2026
Buxoroda yana zilzila kuzatildi

Buxoroda yana zilzila kuzatildi

22-may kuni O‘zbekiston hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi…
09:57 / 22.05.2026
Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Muqaddam sudlangan narkosavdogarlar uzoq muddatga qamaldi

Giyohvandlik jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid soluvchi eng xavfli illatlardan biridir.
07:13 / 22.05.2026
AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

Turkiya Eron va AQSh o‘rtasida siyosiy murosaga kelish ehtimoli borligini e’lon qildi.
15:43 / 25.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!