22-may kuni O‘zbekiston hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 01:32 da yuz bergan. Zilzilaning magnitudasi 4, chuqurligi esa 10 km ni tashkil etgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 519 km janubi-g‘arbda joylashgan Buxoro viloyati Jondor tumanida qayd etilgan. Koordinatalari: 40,28° shimoliy kenglik, 63,19° sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi quyidagicha bo‘lgan:
— G‘azli shahrida 3 ball (28 km)
— Peshku tumanida 2–3 ball (38 km)
— Qorako‘l tumanida 2 ball (56 km)
— Jondor tumanida 2 ball (57 km)
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21-may kuni ham O‘zbekiston hududida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!