Giyohvandlik jamiyat xavfsizligi va yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid soluvchi eng xavfli illatlardan biridir. Afsuski, ayrim shaxslar noqonuniy “ajal savdosi” bilan shug‘ullanib, boshqalar hayotini ham xavf ostiga qo‘ymoqda.
Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan ayol 1 kilogramm “gashish” moddasini 6 ming AQSH dollariga sotib olib, uni mamlakat hududiga yetkazib berishga kelishgan.
Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, unga “WhatsApp” orqali giyohvandlik vositasi yashirilgan joy manzili yuborilgan. Shundan so‘ng u ikki nafar tanishi bilan dala hududiga yo‘l olgan.
Biroq ular yashirin joydan giyohvandlik vositasini olayotgan vaqtda DXX va bojxona organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan moddaning sof og‘irligi 985 grammni tashkil etgan.
Tergov jarayonida ushbu shaxslar ijaraga olingan xonadonda giyohvandlik vositalarini sotish va iste’mol qilish uchun “bangixona” tashkil qilgani ham aniqlangan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchilarga 8 yil 3 oy dan 10 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Giyohvandlik bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qiling. Murojaatchi shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!