$
12895.55 UZS
15.2
159.38 UZS
2.7
14338.56 UZS
-196.91
35° Kechasi 21°

Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati Yoshlar tarmog‘ining “Cheksiz imkoniyatlar sammiti”ni kelgusi yil Samarqandda o‘tkazishni taklif qildi

15:58 / 02.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhining sammitida nutq so‘zladi.

 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Iroq Prezidenti Abdullatif Jamol Rashid, Liviya Davlati Prezident kengashi Raisi Muhammad Yunus Al-Manfi, Bosniya va Gersegovina Prezidiumi Raisi Jelka Sviyanovich, shuningdek, Kuba vitse-prezidenti Salvador Mesa, Gabon vitse-prezidenti Roz Raponda, Tanzaniya vitse-prezidenti Filip Mpango hamda Jazoir Bosh vaziri Ayman bin Abdurahmon ishtirok etdi.

 

Xalqaro tashkilotlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi, BMT bosh kotibining o‘rinbosari Tatyana Valovaya, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash bosh kotibi Qayrat Saribay, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Olga Algayerova, Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh direktori Antonio Vitorino, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktori Rafael Grossi va Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili qatnashdi.

 

Kun tartibiga muvofiq, COVID-19 koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yengib o‘tish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari hamda pandemiyadan keyingi global tiklanish davrida barqaror rivojlanishning boshqa dolzarb muammolari muhokama qilindi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida so‘nggi yillarda insoniyat pandemiyaga qarshi kurashish iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar va texnogen fojialarning oqibatlarini ham o‘z boshidan o‘tkazayotgani bilan bog‘liq tahdid va xatarlarni qayd etdi.

 

– Bu muammolarning ko‘lami tobora kengayib, ular nafaqat ayrim davlatlar, balki butun bir mintaqalarning xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti uchun jiddiy xavf solmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston 2030-yilga qadar mo‘ljallangan Senday hadli dasturining asosiy maqsadlariga erishish bo‘yicha Global platforma faoliyatini yanada kuchaytirish tarafdori ekani ta’kidlandi.

 

Bu kabi favqulodda holatlar sabablarini chuqur o‘rganish hamda ofat oqibatlarini samarali bartaraf etish maqsadida Prezidentimiz Qo‘shilmaslik harakatining maxsus monitoring va ilmiy tadqiqot tarmog‘ini tashkil qilishni taklif etdi.

 

O‘zbekiston rahbari pandemiyadan keyingi davrda geosiyosiy va mafkuraviy ziddiyatlar kuchayib, ularning ta’sirida jahonning turli nuqtalarida yangi notinchlik o‘choqlari paydo bo‘layotganini qayd etdi.

 

– Yaqin Sharq mintaqasi va Afg‘onistonda uzoq vaqtdan buyon saqlanib qolayotgan nizolarning global yechimi hanuzgacha topilgani yo‘q, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

 

Keyingi paytlarda barcha davlatlarda o‘sib borayotgan terrorizm va ekstremizmning xavf-xatariga qarshi Qo‘shilmaslik harakati doirasida amaliy aloqalarni kuchaytirish tobora dolzarb tus olayotganini alohida ta’kidlandi.

 

Shuni hisobga olib, Qo‘shilmaslik harakati terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarga yetakchilik qilishi lozimligi qayd etildi. Bu Harakatga a’zo barcha davlatlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida ko‘p tomonlama hamkorligini yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston yetakchisi bu muammolarni xalqaro miqyosda samarali hal etish va tizimli muvofiqlashtirishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari albatta asosiy rolni bajarishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish jarayonida Xavfsizlik kengashi tarkibida Qo‘shilmaslik harakati a’zolarining doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

 

Shavkat Mirziyoyev global kun tartibidagi yana bir muhim mavzu – davom etayotgan iqtisodiy inqiroz asoratlarini yumshatish masalasiga e’tibor qaratdi.

 

– Oziq-ovqat mahsulotlari, suv va energetika resurslarining tobora taqchil bo‘lib borayotgani mamlakatlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari uchun jiddiy sinov bo‘lmoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Ming afsuski, bunday qiyin vaziyatda eng katta og‘irlik va salbiy ta’sir, avvalo, aynan rivojlanayotgan davlatlar zimmasiga tushmoqda.

O‘zaro amaliy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma dasturlar va yirik loyihalarni ilgari surish uchun keng iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochib berish maqsadida Qo‘shilmaslik harakati sammitlari arafasida Iqtisodiy forumlarni muntazam o‘tkazib borish taklif etildi.

 

Bunday muhim tadbirlar innovatsiyalar, zamonaviy bilim va ilg‘or texnologiyalar almashuvini jadallashtirishga, umuman olganda, to‘rtinchi sanoat inqilobi, xususan, “aqlli” iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston Prezidenti pandemiyaning salbiy ta’sirini, birinchi galda, o‘sib kelayotgan yoshlar his qilayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Ularning sifatli ta’lim va professional bilim olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari keskin kamaymoqda.

 

– Eng yomoni, yosh avlodning kelgusida hayotda o‘z munosib o‘rnini topishiga bo‘lgan ishonchi va qat’iyati susaymoqda. Shuningdek, minglab yoshlarning ongu tafakkuriga buzg‘unchi va radikal mafkuralar ta’siri ham tobora kuchaymoqda, – dedi O‘zbekiston rahbari.

 

Bu boradagi siyosat va rejalarni uyg‘unlashtirish, to‘plangan tajriba bilan o‘rtoqlashish maqsadida O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakati Yoshlar tarmog‘ining “Cheksiz imkoniyatlar sammiti”ni kelgusi yil jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan ko‘hna Samarqandda tashkil etish niyatida ekanligi ta’kidlandi.


Bu ham qiziq

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

“Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” – Zelenskiy

Ukraina rahbari Rossiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob berdi.
09:54 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Bu haqda o‘zining telegram sahifasida ma’lum qilindi.
14:34 / 12.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025
12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

12-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
05:23 / 12.05.2025
“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni …
12:25 / 12.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!