$
12957.01 UZS
-11.33
132.13 UZS
-0.19
13485.66 UZS
-6.6
Kechasi -3°

Mirziyoyev Toshkent shahri hamda Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

07:57 / 08.02.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari dastlab, Samarqand viloyatida yangidan barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi bilan tanishdi. Uning qurilishi o‘tgan yili Ramazon oyida boshlangan edi. Bugungi kunda binolar qad rostlab, pardozlash ishlariga oz fursat qoldi. Taqdimotda majmuaning ichki va tashqi ko‘rinishiga oid chizmalar ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, majmua devorlari milliy naqshlar, pardozbop toshlar bilan sayqallanadi. Imom Buxoriy bobomiz maqbarasida naqqoshlik va xattotlik sanʼati uyg‘unlashadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qurʼoni karim suralari va hadislar yoziladi. Barcha pardozlash ishlarida yorqin, “issiq” ranglardan ko‘proq foydalaniladi.

Xorazm viloyatida ham katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Buning izchil davomi sifatida Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, u yerda universitet, maktab va bog‘cha, IT park, fan va madaniyat markazlari, sport majmuasi barpo etiladi. Shaharcha markazida Muhammad al-Xorazmiy maydoni bo‘ladi, buyuk allomaning yangi haykali o‘rnatiladi.

Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi majmuasi ham qurilmoqda. Bugungi kunda jasur sarkardaning muhtasham haykali o‘rnatilgan. Atrofdagi qariyb 8 gektar maydon obodonlashtirilmoqda.

Shunga yaqin joyda ming o‘rinli sanʼat saroyi bunyod etish ham mo‘ljallangan. U yerda Xorazm lazgisi anʼanalarini saqlash, o‘rganish va keng yoyish uchun zamonaviy sharoit yaratiladi. Turli tadbirlar, konsertlar o‘tkaziladi.

2020 yil 22 oktyabrda “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.

Qarorda mazkur Akademiya uchun yangi binolar qurish va o‘quv-moddiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Taqdimotda shu boradagi loyihalar haqida ham axborot berildi. Unga ko‘ra, o‘quv va davolash binolari, yotoqxona, xizmat uyi qurilib, mavjud obyektlar taʼmirlanadi, hudud obodonlashtiriladi.

Prezidentimiz loyihalarni takomillashtirish va sifatli qurish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Davlatimiz tomonidan sport rivojiga katta eʼtibor qaratilib, zarur infratuzilma yaratilmoqda. Shu maqsadda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. 160 gektarni egallaydigan mazkur shaharchada universal stadion, ochiq va yopiq sport majmualari, yotoqxona, mehmonxona, Chirchiq daryosida eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Bu infratuzilma yirik musobaqalar o‘tkazish va bo‘lajak Olimpiya zaxiralari instituti uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘ladi.

Mamlakatimizda sayyohlar uchun keng sharoit yaratilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etilmoqda. Prezidentimizga shu boradagi ishlar haqida ham maʼlumot berildi.

Unga ko‘ra, Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosi bo‘yida ekoturizm obyektlari barpo etiladi. Buning avvalo qulay transport tizimi yo‘lga qo‘yiladi. “Chorvoq darvozasi” va “Yusufxona” hududlarida dam olish joylari, Janubiy Xo‘jakentda anʼanaviy tog‘ qishlog‘i barpo etiladi. Hududning xushmanzara tabiati va relyefini saqlab qolishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bog‘lar, piknik joylari, velosiped yo‘laklari tashkil qilinadi. Shunday loyiha Chimyon hududida ham rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bu majmualar ommabop bo‘lishi zarurligini taʼkidlab, barcha yurtdoshlarimiz, turli kasb egalariga mos arzon va qulay xizmatlar taklif etish vazifasini qo‘ydi.

Toshkent shahrini yondosh hududga kengaytirish, yangi quriladigan mavzelarni infratuzilma va transport xizmatlari bilan taʼminlash  bo‘yicha loyiha konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi.


Bu ham qiziq

Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Tadbirkorning 15 mln so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

“Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov …
10:29 / 29.01.2025
O‘zbekistonda ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonda ayollar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

Bu haqda statistika agentligi tahlillarida ma’lum qilinmoqda.
12:57 / 30.01.2025
Chiqindixonadan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi

Chiqindixonadan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi

Bu haqda “Kaktus Media” ma’lum qildi.
11:05 / 29.01.2025
Shavkat Mirziyoyev Genjemurat Turdimuratovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev Genjemurat Turdimuratovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Genjemurat Turdimuratovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to…
21:10 / 30.01.2025
Yakkasaroyda yuk mashinasi yonib ketdi

Yakkasaroyda yuk mashinasi yonib ketdi

Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
14:16 / 29.01.2025
Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Bir sotix yerdan 5 million so‘mdan yuqori daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tiz…
16:37 / 30.01.2025
23 kunlik chaqaloqning kuyishiga sabab bo‘lganlarga jinoyat ishi ochildi

23 kunlik chaqaloqning kuyishiga sabab bo‘lganlarga jinoyat ishi ochildi

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan kun chaqaloqning tug‘ilganiga 23 kun bo‘lgan edi.
16:37 / 29.01.2025
Yaponiyada o‘zbek madaniyati elchisi tayinlandi

Yaponiyada o‘zbek madaniyati elchisi tayinlandi

Yaponiya bilan madaniy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida mashhur qo‘shiqchi va ijrochi Mashu Komazaki o‘zbek madaniya…
18:28 / 30.01.2025
Vashingtondagi aviahalokat qurbonlarining jasadi Potomak daryosidan olib chiqildi

Vashingtondagi aviahalokat qurbonlarining jasadi Potomak daryosidan olib chiqildi

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi samolyot harbiy vertolyot bilan to‘qnashishi natijasida 18 kishi halok bo‘lgan.
12:03 / 30.01.2025
1-apreldan cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi

1-apreldan cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi

“Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilin…
15:14 / 29.01.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!