Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.S.T.” AJ abonentlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.R. YATT A.X.ga tegishli binoda ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, ish boshqaruvchi O.Z.ga bu haqda tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha 15 mln so‘m zarar hisoblanishini aytib uni aldab, tadbir jarayonida O.Z.dan 14,9 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, – deyiladi Prokuratura Departamenti xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!