$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

Misrda mumiyolangan qadimiy timsohlar qabri topildi

14:49 / 21.01.2023

Qayd etilishicha, arxeologlar Qubbat al-Hava hududida toshdan barpo etilgan qabr topishgan. Unda beshta bosh suyagi va beshta nisbatan buzilmagan yirik sudraluvchilar bor edi. Olimlarning fikricha, topilgan mumiyolar miloddan avvalgi 304-yilgacha bo‘lgan (mahalliy hukmdor Ptolemey I boshqaruvi) davrga tegishli.

Topilgan sudralib yuruvchilarning uzunligi 1,8 dan 3,5 metrgacha. Timsohlardan birining ichaklarida toshlar topilgana, bu hayvonlarga suvda muvozanatni saqlashga imkon berdi. Arxeozoologlarning fikricha, bu mumiyolash vaqtida autopsiya (jasadni tekshirish) o‘tkazilmaganidan dalolat beradi.

Ma’lumki, Kubbat al-Hava qadimgi va o‘rta podshohlik davridagi zodagonlar hamda ruhoniylar uchun dafn etilgan joy bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, timsohlar qadimgi Misr xudosi Sebek sharafiga o‘tkazilgan marosimlarda ishlatilgan, u boshi odam va tanasi timsoh bo‘lgan mavjudot sifatida gavdalantirilgan.

Qayd etish mumkin, Nil timsohi haqiqiy timsohlar oilasining yirik vakili hisoblanadi. Afrikada topilgan uchta timsoh turining eng kattasi va dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Afrikaning suvli va yarim suvli ekotizimlarida undan yirikroq mavjudotni uchratish qiyin.

Bundan tashqari, yashash joyi, kattaligi va kuchi tufayli odam yeyuvchi timsoh sifatida mashhur. Qadim zamonlarda odamlar undan qo‘rqishgan va sig‘inishgan. Hozirgacha u, ehtimol, haqiqiy timsohlar oilasining eng mashhur turlari sifatida qolmoqda. Ushbu turning soni nisbatan yuqori va barqaror, ammo ba’zi mamlakatlarda populyatsiyalar yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Mumiyo – suyuqlik surtish orqali saqlanib qolgan jasad. U maxsus kimyoviy ishlov berishdan o‘tgan tana (nafaqat odam, balki boshqa har qanday tirik mavjudot), buning natijasida to‘qimalarning parchalanish jarayoni to‘xtaydi yoki sekinlashadi. Sun’iy va tabiiy mumiyolangan jismlarni farqlash kerak.

Birinchi marta “mumiyo” so‘zi Yevropa tillarida (Vizantiya, yunon va lotin tillarida) 1000 ga yaqin paydo bo‘lgan. Bu forscha “mum” so‘zidan kelib chiqqan. O‘rta asrlardagi arab va yahudiy tabiblari mumiyo so‘zini maxsus dori vositasini belgilash uchun ishlatishgan. VII asrda arab shifokori ibn Betar Apolloniya mamlakatidan keltiriladigan mumiyo moddasi haqida yozib qolirgan. U yerda “nurli tog‘lar”dan suv oqimlari bilan pastga tushadi. Sohilda u qattiqlashadi va smola hidini oladi. Shuningdek, u “mumiyo” moddasini qadimgi misrlik o‘liklarning bosh suyagi va oshqozonidan ham olish mumkinligini aytadi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Bu mamlakat paxtaçiligi tarixidagi re…
15:53 / 05.11.2026
Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda mahsulotlarni bepul tarqatiş orqali odamlarni ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda reklama va aksiyalar doirasida oziq-ovqat, buyum hamda boşqa mahsulotlarni bepul tarqatiş yoki juda arzon narxd…
14:33 / 05.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda 9-noyabrdan maktab, boğça, şifoxona va köp kvartirali uylarga issiqlik beriş boşlanadi. Isitiş tizimi bosqiçma-bos…
08:55 / 07.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026
OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

OÇL-2. «Nasaf» superkambek bilan «Al-Quvayt»ni mağlub etdi.

Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidagi törtinçi öyinini «Al-Quvayt» (Quvayt) klubiga qarşi ötka…
08:21 / 05.11.2026
Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekistonda ham milliy kino merosini asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, “Özbekfilm” hududida Kino…
16:06 / 07.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!