Ukraina - NATO kengashi yig‘ilishidan so‘ng Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari Kiyevga iqtisodiy, gumanitar va harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishini, jumladan, Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni ma’lum qildi. Bu haqda kengash bayonotida aytiladi.
Taʼkidlanishicha, NATOning ko‘plab aʼzolari 2024-yilda Kiyevga “milliardlab yevrolik qo‘shimcha imkoniyatlar” taqdim etish rejalarini eʼlon qilgan. Aynan nima haqida gap ketayotgani bayonotda ochiqlanmagan.
Shuningdek, NATO aʼzolari Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalarini, Rossiyaning Shimoliy Koreyadan ballistik raketalar va Erondan uchuvchisiz uchoqlar olib, ularni urushda qo‘llashini “qat’iy qoralagan”.
Ukraina - NATO Kengashining yig‘ilishi 10-yanvar kuni elchilar darajasida bo‘lib o‘tdi, yig‘ilish Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukraina hududlarining tobora ko‘proq o‘qqa tutilishi fonida Kiyev iltimosiga binoan chaqirildi.
Ichki siyosiy kelishmovchiliklar tufayli AQSh Kongressi Ukrainaga keyingi harbiy yordam uchun 60 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini hali tasdiqlagani yo‘q. 2023-yil oxirida AQSh prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ deyarli tugab bo‘lganini taʼkidlagandi.
“Euractive” nashriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Kiyevga 2024-yil martidan kechiktirmay mablag‘ ajratishga va’da bergan. Gazeta manbalariga ko‘ra, Yevropa rasmiylari Vengriya veto qo‘ygan 50 milliard yevrolik yordam paketi bo‘yicha kelishib olishga hamon umid qilmoqda.
“Politico” nashrining xabar berishicha, Vengriya Ukrainaga to‘rt yil davomida yordam ko‘rsatishni ma’qullashga tayyor, biroq bu yordam har yili ko‘rib chiqilishi kerak
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!