Bugun, 22-dekabr kuni soat 09:54 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor 6-dahasida joylashgan shirinliklar do‘koni tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 09:57 da yetib borib, yong‘in soat 10:01 da qurshab olingan va soat 10:04 da o‘chirilgan.
Bu haqda, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!