AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati 2023-yil sentyabrdan 2024-yil sentyabrgacha O‘zbekistonga 572 kishini deportatsiya qilgan. Bu haqda 2024-yil 19-dekabr kuni e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.
Ushbu hisobotga ko‘ra, bu davr ichida 192 mamlakatga 271 484 kishi deportatsiya qilingan. Ta’kidlanishicha, bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Deportatsiya qilinganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p, ya’ni 142 580 kishini tashkil etadi.
Qayd etilishicha, o‘n yillikda maksimal ko‘rsatkich 2014-yilda qayd etilgan – 315 943 kishi. Donald Trampning AQShda birinchi muddatda prezidentlik qilgan paytida eng ko‘p deportatsiya qilinganlar soni 267 258 nafarni tashkil qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!